Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 137:
 
==== Buxoro — Somoniylar davlati poytaxti ====
Qoʻlyozma manbalar, shu jumladan Somoniylar hukmronligi davrida yozilgan [[Muhammad Narshaxiy]]ning ''„[[Buxoro tarixi]]“'' asarida keltirilgan maʼlumotlar aynan [[Ismoil Somoniy]] Buxoroni davlat poytaxti qilganiga hech bir shubha tugʻdirmaydi. Ismoil davrida Buxoro esa — amaliy poytaxt rolini oʻynagan, yaʼni tanga zarb etish shaharning rasmiy mavqeini, qoʻlyozma anʼanasi esa amaliy mavqeini ifoda etgan degan xulosaga kelishgan. Ismoil Somoniydan keyin Buxoroda ham muntazam tanga zarb etildi, chamasi u endilikda rasmiy poytaxt boʻlib qolgan.
 
Shahar Somoniylar davrida, tarixan, toʻrt qismga ajratilgan boʻlib, mazkur qismlar bugungi kunda ham relyef jihatidan bir-biridan ajralib turadi. Bu qismlar orasida eng mustahkami Koʻhandiz ([[Ark]] qalʼasi) edi, u xom gʻishtdan terilgan juda baland va qalin devor bilan oʻralgan, deyarli yoʻlab boʻlmasdi. Ana shu devorning butun tevaragi boʻylab pishgan gʻishtdan oʻziga xos «yopinchiq» qadamalar kiydirilgan. Qalʼa maydoni esa uning tashqi devorlari boʻylab taxminan 3,5—3,8 gektarni tashkil etardi. Bu yerda qabulxona, xazina, ulkan kutubxona (yosh [[Abu Ali ibn Sino]] shu yerda shugʻullangan), zindon va hunarmandchilik ustaxonalari joylashgan edi. Arkning gʻarbiy etagida kattagina [[Registon (Buxoro)|Registon]] maydoni boʻlib, unda 10 ta davlat boshqarmalari — [[devon]]xona binosi qad koʻtargan. Xuddi shu yerda saroy qurilgan boʻlib, Buxoroga X asr oxirlarida kelgan [[Muqaddasiy]] musulmon olamida bundan muhtashamroq saroyni koʻrmaganligini taʼkidlaydi. Registonda, shuningdek, hayit namozlari oʻqiladigan iydgoh — musallo ham boʻlgan, ammo Somoniylar davrida shahar aholisi shu qadar koʻpaydiki, natijada eski musalloga barcha namozxonlar sigʻmay qoldi. 971-yilda qalʼadan yarim farsax (3—4 kilometr) masofada yangi musallo qurildi. Yana bir hukmdor saroyi [[Joʻyi Moʻliyon]] kanali sohilida qad koʻtardi.