Xudoybergan Devonov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
+
Qator 1:
[[Fayl:Khudaibergan Devanov.jpg|thumb|]]
'''Xudoybergan Devonov''' (1878, Xiva — 1940, Toshkent) — birinchi [[oʻzbek]] kinooperatori va oʻzbek kinosanʼatining asoschisi.
 
== Hayoti ==
Xudoybergan Devonov 1879-yilda [[Xorazm]]da tugʻilgan. Bolaligidan bilimga chanqoqligi va ijodiy isteʼdodi bilan ajralib turgan. U arab, fors va rus tillarini oʻrgangan. Qiziquvchan oʻsmir nemis tilini oʻrgana boshlagan va bu kelgusida uning taqdirini belgilab bergan. 20-asr oxirida [[Xorazm]]ning oʻsha paytdagi hukmdori [[Muhammad Rahimxon II]] nemis-mennonitlarning bir necha oilasiga oʻlkada yashashiga ruxsat bergan. Ularning eng yoshi ulugʻi Vilgelm Penner yoki mahalliy odamlarning tili bilan Panor buvada qiziquvchan Xudoybergan birinchi marta [[fotoapparat]]ni koʻrgan va undan foydalanishga ruxsat soʻragan. Keyinchalik Panor buva shogirdining muvaffaqiyatlaridan xursand boʻlib, unga fotoapparatni sovgʻa qilgan. Shunday qilib 1903-yilda Xudoybergan Devonov [[Xiva]]ning minoralari va hamyurtlarini suratga ola boshlagan. Avvaliga bu diniy ulamolarning qattiq qarshiligiga uchragan. Biroq fotosuratchini har qanday yangilikka qiziqqan Muhammad Rahimxon oʻz himoyasiga olgan. U nafaqat xon, balki isteʼdodli shoir va bastakor sifatida tarixda qolgan. Hukmdor Xudoyberganga oʻzining suratini olishni buyurgan, keyin esa uni oʻz devoniga ishga taklif qilgan. 1907-yilda Devonov Xiva xonligining bir guruh vakillari bilan birga [[Sankt-Peterburg]]ga safar qilgan. Tashrifdan soʻng delegatsiya rahbaridan [[Rossiya]] poytaxtida bir necha kun qolishga ruxsat soʻragan. Bu yerda 29 yoshli Xudoybergan foto sirlarini oʻrganishni davom ettiribgina qolmay, kinematografiya bilan ham qiziqib qolgan. U ona yurtiga qaytib, Xorazmga birinchi [[kinoapparat]]ni olib kelgan.{{OʻzME-X}}