Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k 117.111.28.94 tahrirlari 213.230.117.192 versiyasiga qaytarildi
Teglar: Eski holiga qaytarish Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 2:
[[File:Taipei Grand Mosque - Tarawih.JPG|thumb|Namoz]]
 
'''Namoz''' (forsarab.) — islom koʻrsatmalari boʻyicha bajariladigan maxsus ibodat turi; islomdagi 5 [[rukn]]dan biri. N. musulmonlarga [[meʼroj]] kechasi (qarang [[Isro va meʼroj]]) [[farz]] qilingan birinchi ibodatdir. Bir kecha-kunduzda 5 mahal (bomdod, peshin, asr, shom, xufton) N. oʻqish farz hisoblanadi. N. oʻqish „Allohu akbar“ deb takbir aytish bilan boshlanib, sano, [[Qurʼon]] [[oyat]]laridan tilovat qilishda [[duo]]lar oʻqish, [[rukuʼ]], [[sajda]], tiz choʻkib oʻtirish, [[salom]] berishlarni oʻz ichiga oladi. N.ning bir necha turlari mavjud. Mas, farz, [[vojib]], [[sunnat]], [[nafl]], ishroq, [[tahajjud]], [[qazo]], shukri vuzu, [[janoza]] va boshqa qoʻshimcha N.lar borki, ularni ado etish [[musulmon]] kishining ixtiyoriy [[ibodat]]i sanaladi. Farz, vojib, sunnat N.lari esa ado etilishi sharʼan talab etiluvchi N.lar sirasiga kiradi.
 
N. oʻqish uchun namozxonning badan va kiyimlari hamda oʻqish joyi pok boʻlishi shart. N. [[qibla]]ga — [[Makka]]dagi [[Kaʼba]] [[ibodatxona]]siga qarab oʻqiladi. Uni oʻqishda maxsus toʻshama — [[joynamoz]]dan foydalanish odatga aylangan. N.ni kishi bir oʻzi yoki jamoa boʻlib oʻqishi mumkin, lekin [[juma]] kunidagi juma N.ini [[masjid]]da jamoa bilan oʻqish tavsiya etiladi. Jamoa boʻlib N. oʻqiganda namozxonlar qator turadi, ulardan biri ([[imom]]) [[imomlik]]ka oʻtadi. N. paytida gapirish, yeyish, ichish, kulish, yigʻlash, yoʻtalish, turli harakatlar qilish va boshqa mumkin emas. Kasal va nogironlar N.ni oʻzlariga qulay holatda oʻqiydilar.