Xorazm: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 152:
= Xorazm antik davrida=
[[Fayl: Qoy Qyrylghan Qala ruins.jpg |thumb|right|300px|Quy qirilgan qalʼa]]
[[Fayl: Voin iz Giaur kala.jpg|thumb|right|200px|Xorazmlik jangchi, Giaur-qalʼa, 1 asr, Oʻzbekiston]]
Tarixiy manbalarning taqqosiy tahlilidan maʼlum boʻlishicha, xorazmiylarning dastlabki vatani Baktriyadan janubda Areyadan sharqda, Herirud va Hilmand daryolarining yuqori havzasida joylashgan (yana q. [[Xorazmiylar]]). Shubhasiz, xorazmiylar massagetlardan farqli oʻlaroq, parfyanlar, margʻiyonaliklar, boxtariylardek sugʻorma dehqonchilik va uning asosi hisoblangan sutorish inshootlar barpo etishda boy asriy tajribaga ega edilar. Ularning koʻp asrlik binokorlik va xunarmandchilikdagi tajribalari va amaliy koʻnikmalari tufayli asrlar osha Amudaryo etaklari obod etilib, yirik sugʻorish tarmoqlari va suv inshootlari— dambalar barpo etilgan, hunarmandchilikning barcha sohalari keng rivoj topgan.