Temuriylar imperiyasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Teg: Qoʻlda qaytarildi
Qator 182:
}}
 
== Amir Temur (teymur lang) davrida ==
14-asr oʻrtalarida barlos beki oʻgʻli Temur Taragʻay buyuk siyosiy arbob sifatida tarix sahnasida namoyon boʻladi. Nufuzli turk amiri Qazagʻon nabirasi — Samarqand hukmdori Xusayn bilan ittifoqchilikda Temur Movarounnahrni birlashtirish va uni moʻgʻil bosqinidan ozod qilish uchun kurash boshlaydi. Biroq koʻp oʻtmay ular oʻrtasidagi munosabatlar keskinlashadi. 1370 yili Amir Temur Xusayn qoʻshinini tor-mor qilgach, Movarounnahr amiri deb eʼlon qilinadi.
1372—1388 yillar davomida Amir Temur Xorazmga besh marta yurish qiladi va uning oʻziga toʻla tobe boʻlishiga erishadi. Shundan soʻng u [[Eron]], [[Iroq]], [[Kavkaz]], [[Suriya]], turkiyaga harbiy yurishlarni boshlaydi. Natijada ulkan imperiya barpo etiladi. Biroq Temur davlati qudratiga Juchi ulusi tarkibidagi Oltin oʻrda va Oq oʻrda doimo rahna solib turadi.