Amir Temur: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
темурийларнинг манбаларда йук
Teglar: Qoʻlda qaytarildi Qaytarildi
Teglar: Qoʻlda qaytarildi Qaytarildi
Qator 21:
Amir Temurning katta opasi [[Qutlugʻ turkon ogʻo]] va singlisi [[Shirinbeka ogʻo maqbarasi|Shirinbeka ogʻo]] bor edi. Ular Temurdan oldin vafot etishgan va Samarqanddagi [[Shohi Zinda]] majmuasidagi maqbaralarda dafn etilgan. "Muyizz al-Ansab'ga koʻra, Temurning yana uchta ukasi bor edi: Djuki, Olim Shayx va Suyurgʻatmish. Temurning bitta amakisi bor edi, uning ismi Bolta edi.<ref>Mu‘izz al-ansab (Proslavlyayushcheye genealogii). Vvedeniye, perevod s persidskogo yazyka / primechaniya, podgotovka faksimile k izdaniyu SH. KH. Vakhidova. Istoriya Kazakhstana v persidskikh istochnikakh. Almaty: Dayk-Press, 2006. — S. 115—120</ref>
 
=== Amir Temurning(темур ланг) yoshligi ===
Amir Temurning yoshligi Keshda kechdi. Yetti yoshga toʻlgach, otasi uni oʻqishga berdi. Amir Temur yoshlik chogʻlaridanoq maxsus murabbiylar nazorati ostida chavandozlik, ovchilik, kamondan nishonga oʻq uzish, boshqa turli mashq va harbiy oʻyinlar bilan mashgʻul boʻlgan. Shu asnoda Amir Temur tulporlarni saralab ajrata oladigan mohir chavandoz va dovyurak bahodir boʻlib voyaga yetgan. Amir Temur tabiatan ogʻir, bosiq, teran fikrli va idrokli hamda nihoyatda ziyrak, kishilardagi qobiliyat, fazilat, ayniqsa, samimiyatni tezda fahmlab oladigan inson boʻlgan. Shu tufayli oʻspirinlik chogʻlaridayoq atrofiga tengqurlari orasidan sadoqatli doʻstlarni jalb qila olgan. Uning atrofiga bolalikdagi doʻstlari va maktabdoshlari (Abbos bahodur, Jahonshohbek, Qimori inoq, Sulaymonshohbek, Idiku Temur, Sayfuddinbek, Hindushoh, Qarqara va boshqalar) toʻplanishib, birgalikda mashq qilar, musobaqalarda ishtirok etishar, astasekin navkar boʻlishib va harbiy guruhga birlashib, harbiy boʻlinma sifatida shakllana borgan. Keyinchalik ular Amir Temur qoʻshinida lashkarboshilik darajasigacha koʻtarilganlar.