Foydalanuvchi:Progint/sandbox/Kelag‘ayi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
"Kelagai-6.jpg" yoʻqotildi, uni VikiOmbordan Fitindia No permission since 20 March 2021 tufayli oʻchirgan edi.
"Kelagai-8.jpg" yoʻqotildi, uni VikiOmbordan Fitindia No permission since 20 March 2021 tufayli oʻchirgan edi.
Qator 81:
Ozarbayjonning jahon bozoriga barcha transport yo‘llari orqali chiqishi 90yillar boshida mustaqillikka ega bo‘lgandan so‘ng muhim ahamiyat kasb etdi. Shubhasiz, ipakchilik oxirgi yillarda yuzaga kelgan vaziyatdan chiqadi va nafaqat Ozarbayjon ipagining avvalgi shuhratini tiklaydi, balki uni yangi cho‘qqilarga olib chiqadi. Ozarbayjon ipagi tarixi ikki ming yildan ortiq vaqtni tashkil etadi.<ref name="R4" />
 
 
[[Image:Kelagai-8.jpg|300px|right|thumb|Kalagayi, Ozarbayjonda, kvadrat shaklidagi ipak sharf boʻlib, unga milliy kiyim hisoblanib, issiq quyosh va sovuq shamoldan himoya qiladi. Ipak yozda salqin, qishda esa issiq boʻladi.]]
Ozarbayjon Respublikasi shimoli-g‘arbidagi kelag‘ayi ustalarining tarixiy shahri Baskalda ham 2000-yilda ishlab chiqarish to‘xtab qoldi. Aynan shu davrda mamlakat Prezidenti buyuk Geydar Aliyev yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyatni hisobga olgan holda, kichik korxonalar yordamida ipakchilik sohasini rivojlantirish zarurligini taʼkidladi. „Inkishof“ ilmiy markazi bu fikrni asos sifatida qabul qilib, UNDPning „Taraqqiyotda gender masalasi“ loyihasi doirasida ilgari surilgan ipak ishlab chiqarishni qayta tiklash va kelag‘ayi tayyorlashni boshlash taklifiga javob berdi.Bu bir tarafdan kasanachilikni rivojlantirish, ish bilan bandlikni o‘stirish va aholi daromadini oshirishga (jahon tajribasi bunga misol) yordam bersa, boshqa tarafdan esa, kelag‘ayi tayyorlashdek qadimgi madaniy anʼanani tiklash va rivojlantirishning qisqa yo‘li bo‘lar edi. Buni 2002 — 2003-yillarda Yaponiyaning Ozarbayjondagi elchixonasi, Ismailli va Sheki tumanlari Ijroiya hokimiyati yordami va xususiy zaxiralarni („JT“ firmasi) jalb etgan holda amalga oshirish mumkin bo‘ldi. Yevroosiyo jamg‘armasi kelag‘ayi axborot kompaniyasini qo‘lladi va natijada „Kelag‘ayi“ katalogi va videoklipi chiqarildi, Ozarbayjon tarixida birinchi marta kelag‘ayi ko‘rgazmasi tashkil etildi. Bu ko‘rgazmada namoyish etilgan kelag‘ayi ro‘mollari Shekidagi kichik korxonada to‘qilgan bo‘lib, Baskal Ipak markazida naqshlandi va bo‘yaldi. Ularda qadimgi naqshlar tiklanishi bilan birga zamonaviy (hozirgi Ozarbayjon rassomlari taklif etgan) tasvirlar ham o‘rin ola boshladi.Bu voqeadan so‘ng kishida shaksiz havas va hayrat uyg‘otuvchi kelag‘ayilar nafaqat Ozarbayjondagi, balki undan tash qaridagi qator ko‘rgazmalarda (Turkiya, Gruziya, Vengriya, Avstriya, Italiya, AQSh (BMT), Belgiya, Malayziya) na-moyish etilib, gilamlar bilan bir qatorda Ozarbayjon amaliy sanʼatining uzviy bo‘lagini tashkil etdi.Shunday qilib, hozirga kelib, Ozarbayjon xalqining yo‘qo-lish arafasida turgan eng qadimgi badiiy hunarmandchiligiga katta eʼtibor berish natijasida kelag‘ayi ishlab chiqarish kengaydi va kelag‘ayi taqish shakllari ko‘paydi.<ref name="R4" />