Xorazm dostonchilik maktabi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Turkum +
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Xorazm dostonchilik maktabi''' — oʻzbek [[baxshi]]lik [[sanʼat]]i markazlaridan biri.
 
[[Xorazm]] [[dostonchilik|dostonchiligi]]da mavjud [[epos|epik]] [[asar]]lar [[Oʻzbekiston]]ning boshqa yerlaridagi [[oʻzbeklar]] orasida tarqalgan [[doston]]lardan [[mazmun va shakl|mazmuni]], [[uslub]]i, [[kompozitsiya]]si, [[obraz]] yaratish prinsiplari bilan farq qiladi. Xorazm dostonchilik maktabida ogʻzaki va yozma [[adabiyot]] [[anʼana]]larining oʻzaro [[ijodiy hamkorlik|ijodiy hamkorligi]] sezilarli. [[Badihagoʻylik]] asosiy rol oʻynamaydi, [[musiqa]] yetakchilik qiladi. Koʻp hollarda aytuvchi qoʻlida dostonning [[qoʻlyozma]] matni boʻladi. Xorazmda epik asarlar 3—5 kishidan iborat baxshi ansambllari tomonidan ijro etiladi. Baxshi dostonni [[dutor]]da (keyinchalik [[tor]] ham ishlatila boshladi) kuylaydi, unga [[gʻijjak]]chi, [[boʻlamon|bulamon]]chi joʻr boʻladi. Xorazm dostonlarida qahramonlarning his-tuygʻularini, ichki kechinmalarini [[nazm]] orqali, sarguzashtlarni [[nasr]] orqali [[bayon]] etish qatʼiy tartiblashgan. Doston kuylashdan oldin baxshi ansambli "Peshrav", "Muxammasi ushshoq" kabi biror [[kuy]] chaladi, soʻng [[didaktik adabiyot|didaktik]] xarakterdagi [[qoʻshiq]] kuylanadi. Doston tugagach, "Toʻyingdan qaytsin" kuyi ijro etiladi. Xorazm dostonchilik maktabim.da asar ichki [[boʻgʻiz]] [[tovush (musiqa)|tovush]]da emas, balki ochiq [[ovoz]]da ijro etilishi bilan ham boshqa dostonchilik anʼanalaridan farq qiladi. Xorazm dostonchilik maktabining yirik [[vakillik|vakillari]]: Suyav baxshi (19-asr), Jumanazar baxshi, [[Ahmad baxshi Matnazar oʻgʻli|Ahmad baxshi]], [[Matnazar jabbor oʻgʻli|Matnazar Jabbor oʻgʻli]], [[Bola baxshi]], Xudoybergan Oʻtagan oʻgʻli, Ollobergan baxshi, Murod baxshi, Boltaboy baxshi, [[Jirov Jumaboy|Jumaboy]] baxshi, Qodir sozchi va boshqa Ular repertuarida "[[Goʻroʻgʻli]]" turkumi dostonlari, "[[Oshiq gʻarib|Oshiq Gʻarib]]", "Oshiq Maxmud", "Oshiq Oydin", "[[Tohir va Zuhra]]", "[[Layli va Majnun]]", "Tulumbiy" kabi dostonlar mavjud. Yana Q. [[Xorazm musiqa uslubi|Xorazm mussha uslubi]].
Qator 6:
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}
 
[[Turkum:DostonchilikOʻzbek dostonchilik maktablari]]