Sherobod dostonchilik maktabi — versiyalar orasidagi farq

qisqa izoh tahrirlanmadi
(+)
 
'''Sherobod dostonchilik maktabi''' — [[Oʻzbekiston]] [[Surxondaryo viloyati|Surxondaryo]], [[Qashqadaryo viloyati|Qashqadaryo]] viloyatlarining bir necha tumanlari, [[Tojikiston]] va [[Turkmaniston]]ning janubiy sarhadlarida yetishib chiqqan yuzlab baxshilarni birlashtirgan oʻzbek dostonchilik maktabi.
 
Surxondaryo va Qashqadaryoda dostonchilik anʼanalarining izchil rivojlanishi bugungi kunlarda ham davom etmoqda. Shuning uchun ham bu maktab vakillaridan 1940-yillarda yozib olingan dostonlarda dostonchilikning nisbatan quyi bosqich unsurlari, badiiy tafakkurning uncha rivojlanmagan shakllari uchraydi. 1960-yillardan boshlab esa anʼanalarning muayyanlasha borishi, maʼlum maʼnoda kitobiylikka intilish kuchayadi. Bunda isteʼdodli xalq baxshisi [[Qodir Rahim oʻgʻli]]ning (1936—1985) xizmatlari katta boʻldi. Sherobod dostonchilik maktabidan [[Qosimkoʻr]], [[Shernazar Beknazar oʻgʻli]], [[Mardonaqul Avliyoqul oʻgʻli]], [[Umir Safar oʻgʻli]], [[Normurod baxshi]], [[Ahmad baxshi]], [[Nurali Boymat oʻgʻli]], [[Mamadrayim baxshi]], [[Yusuf Oʻtagan oʻgʻli]], [[Eshqobil baxshi]], [[Boʻriboy Ahmad oʻgʻli]], [[Qodir Rahim oʻgʻli]] kabi oʻnlab dostonchilar yetishib chiqdi. Bugungi kunda [[Xushboq Mardonaqulov]], [[Shoberdi Boltayev]], [[Boborahim Mamatmurodov]], [[Qora Umirov|Qora]] va [[Chori Umirov|Chori Umirovlar]], [[Qahhor Qodir oʻgʻli]], [[Abdunazar Poyonov]] kabi bir qancha baxshilar dostonchilik anʼanalarini davom ettirmoqdalar. Bu maktab vakillaridan yozib olingan "Oltin qovoq", "Malla savdogar", "Zayidqul", "Ollonazar Olchinbek", "Oychinor", "Sherali", "Kelinoy" kabi qator dostonlar [[Oʻzbekiston]]ning boshqa joylarida yashab oʻtgan baxshilar repertuarida uchramaydi.
 
{{stub}}
[[Turkum:DostonchilikOʻzbek dostonchilik maktablari]]