Televideniye: Versiyalar orasidagi farq

k
37.110.215.157 tahrirlari Malikxan versiyasiga qaytarildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Qaytarildi Mobil tahrirlash Mobil dastur orqali tahrirlash
k (37.110.215.157 tahrirlari Malikxan versiyasiga qaytarildi)
Teg: Eski holiga qaytarish
'''Televideniye''' ({{lang-el|τήλε}} — ''uzoq'' va [[lotin tili|lotincha]]: video — ''koʻraman'') — harakatlanayotgan [[tasvir]] va [[tovush]]ni masofadan uzatish tizimi. Televideniyening ishlash prinsipi tasvir kadrini satrlarga boʻlib uzatishga asoslangan. Kadrlar almashinishi [[chastota]]si tasvir oʻzgarishi tezligiga qarab tanlanadi.
 
Televideniye, fan, [[texnika]] va madaniyatning koʻrinadigan axborotlar (harakatlanuvchi tasvirlar) ni radioelektron vositalar yordamida muayyan masofaga uzatish bilan bogʻliq sohasi; [[axborot]]larni tarqatish vositalaridan biri. [[Inson]]iyat oʻzi yashab turgan joydan uzokdagi narsalar va voqealarni koʻrish istagi bilan hamisha band boʻlib kelgan. Bu istak koʻp halqlarning afsona va ertaklarida oʻz aksini topgan. Masalan, [[Alisher Navoiy]] "Farhod va Shirin" [[doston]]ida bu istakni badiiy shaklda aks ettirgan ([[Xitoy]]lik Farhod arman qizi Shirinning jamolini koʻzguda koʻrib oshiq boʻlib qoladi). Xalqlarning bu istagi, asosan, elektronika "sehrli koʻzgu" ("oynai jahon") ga aylangan [[20-asr]]da roʻyobga chiqdi. Televideniye tasvir elementlarini ketma-ket uzatish ([[19-asr]] oxirida portugal olimi A. di Payva va undan mustaqil ravishda rus olimi P. I. Baxmetov tomonidan ilgari surilgan) tamoyiliga asoslangan. 20-asrning 30-yillariga qadar tasvirlarni analiz va sintez qilishda optikmexanik qurilmalardan foydalanilgan (ularni ishlab chikishni nemis muhandisi P. G. Nipkov [[1884-yil]]dan boshlab bergan). 30-yillar oʻrtalaridan boshlab dastlabki elektron [[televideniye tizimi]] paydo boʻldi. Inson koʻzi uzatilgan televizion tasvirlarni kabul qiluvchi oxirgi boʻgʻim hisoblangani uchun televizion tizimlar koʻzning koʻrish jarayonlarini hisobga olib qurilgan, yaʼni Televideniye koʻz xususiyatlariga asoslangan. Bunda kolbachalar va tayoqchalar oʻrnida fotoelementlar ishlatilgan. Agar obʼyektiv orqali biror obyektobʼyektning tasviri fotoelementlardan tashkil topgan panelga tushirilsa, tasvirning alohida elementlaridan kelayotgan yorugʻlik intensivligiga monand [[elektr]] signallari olinadi.
tasviri fotoelementlardan tashkil topgan panelga tushirilsa, tasvirning alohida elementlaridan kelayotgan yorugʻlik intensivligiga monand [[elektr]] signallari olinadi.
 
Televideniye taraqqiyotida ichki fotoeffektni ochgan (1873) U. Smith'ning, tashqi fotoeffektning asosiy qonuniyatlarini belgilab bergan (1888) A. G. Stoletovnij, radioaloqani ixtiro qilgan (1895) A. S. Yaoiovning , "katod teleskop" tizimini ishlab chiqqan (1907) va shu tizim boʻyicha lab. sharoitida birinchi marta elektron televizion uzatishni amalga oshirgan (1911) B. L. Rozingning xizmatlari katta. 1928 yilda oʻzbekistonlik ixtirochilar B. P. Grabovskiy va I. F. Belyanskiylar elektronnur yordamida xarakatdagi tasvirni bir joydan ikkinchi joyga uzatadigan va qabul qiladigan "radiotelefot"ni yaratdilar. Televideniye elektron tizimlari amalda 1920—40 yillarda ishlab chiqarilgan asboblardan foydalanishga asoslangan. BungaB. K. Zvorikin va F. Farnsuort (AQSH), K. Svintov (Buyuk Britaniya), A. A. Chernishev, S. I. Katayev, A. P. Konstantinov, B. L. Rozing , P. V. Timofeyev, P. V. Shmakov (SSSR) va boshqa olimlar katta hissa qoʻshishgan.