Azot: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teg: Qaytarildi
k 188.113.213.106 tahrirlari Kagansky versiyasiga qaytarildi
Teglar: Eski holiga qaytarish Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 7:
 
== Ishlatilishi ==
vodorodAzot o‘simliklar uchun asosiy „oziq“lardan biridir. Mineral va organik birikmalari tuproqqa yog‘in-sochin bilan yoki o‘g‘it sifatida tushadi. Erkin azot ammiak sintezida, baʼzi kimyoviy reaksiyalarda inert muhit hosil qiluvchi sifatida, simobli termometrlardagi bo‘shliqni to‘ldirishda, yonuvchan suyuqliklarni bir idishdan ikkinchi idishga haydashda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Suyuq azotdan past temperatura bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarda (kriostatlar, vakuum qurilmalar va boshqalarda) foydalaniladi. Azotning tabiiy birikmalari ammoniy xlorid va turli nitratlar ([[selitra]]lar)dan iborat. O‘rta Osiyoning quruq cho‘l iqlimida ko‘p miqdorda selitra to‘planadi. Azot oqsillar, nuklein kislotalar,[[xlorofill]] va fermentlarning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lganligidan o‘simliklar hayot faoliyatida asosiy ahamiyatga ega. O‘simliklar tuproqdagi azotli moddalarni o‘zlashtirib, ulardan oqsil hosil qiladi. Havodagi erkin azotni azot birik-malariga aylantiruvchi mikroorganizmlar tufayli tuproqda ancha miqdorda azot to‘planadi. U tuproqda asosan to‘rt xil birikma holida: chirindi (gumus) azoti, ammoniy tuzlari, nitratlar (NO<sub>3</sub>), oqsil organik azoti (to‘liq parchalanmagan o‘simlik qoldiqlari) va ularning o‘zgarish mahsulotlari – [[aminokislota]]lar, [[peptid]]lar, [[amid]]lar va [[amin]]lar holida mavjud bo‘ladi.
 
Azotni tuproqdagi organik birikmalarini eruvchanligi bo‘yicha uch guruhga: suvda eriydigan, suyultirilgan kislota bilan gidrolizlanganda eritmaga o‘tuvchi va suyultirilgan kislota bilan gidrolizlanganda erimaydigan guruhga bo‘lish mumkin. Erimaydigan guruhga mansub bo‘lgan azot kam harakatchan va o‘simliklarga yaxshi singmaydi. O‘rta Osiyoning ayrim tuproqlari tarkibidagi umumiy azotning taxminiy miqdori: och tusli bo‘z tuproqlar (haydalma qatlam)da – 0,04–0,07 %, ko‘pdan beri sug‘orilib kelinayotgan tipik bo‘z tuproqlarda – 0,10–0,15 % va to‘qtusli o‘tloq tuproqlarda – 0,20–0,50 %. O‘rta Osiyoning sug‘oriladigan dehqonchilik mintaqalarida yuqori hosil olish uchun tuproqda azot zahirasi yetarli emas, shuning uchun bu yerlarda azotli o‘g‘itlar qo‘llaniladi. O‘simliklardagi azotning ko‘p qismi oqsil moddalari holida bo‘ladi. Turli urug‘lar oqsili tarkibidagi azot miqdori 16,5–17,5 % ni tashkil qiladi. G‘o‘za-beda almashlab ekishda beda ekilgan har gektar yerda biologik azotga boy 20 tonnagacha organik modda hosil bo‘ladi; undagi biologik azot miqdori 400– 600&nbsp;kg/g. Azotdan o‘g‘itlar ishlab chiqarishda, ko‘pchilik sanoat sohalari, jumladan, metallurgiyadagi turli kimyoviy jarayonlarda inert muhit sifatida foydalaniladi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>