Arastu: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali Android-ilova orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 17:
'''Arastu''' yoki '''Aristotel''' ([[yunon tili|yun.]]: ''Ἀριστοτέλης''; miloddan avvalgi 384/383, Stagira – miloddan avvalgi 322/321, Xalqida) [[Qadimgi Yunoniston|qadimgi yunon]] [[faylasuf]]i, [[Aflotun]] shogirdi va [[Iskandar Zulqarnayn]] ustozi boʻlgan. U [[fizika]], [[metafizika]], [[nazm]], [[teatr]], [[mantiq]], [[ritorika]], [[siyosat]], [[etika]], [[biologiya]] hamda [[zoologiya]]ga oid ishlar yozib qoldirgan.
 
Miloddan avvalgi 367 yilda Afinaga borib, Platon akademiyasida tahsil koʻrdi, 20 yoshida uning ishlarida ishtirok etdi. Miloddan avvalgi 343 yildan eʼtiboran Makedoniya podshohi Filipp taklifi bilan shahzoda Aleksandrga murabbiylik qildi. Miloddan avvalgi 335 yilda Afinaga qaytib, oʻzining Likey maktabini tashkil qildi. Aleksandr vafotidan soʻng 323 yilda xudosizlikda ayblanib, Evbeya Xalqidasiga qochishga majbur boʻldi va umrining oxirigacha shu erdayerda yashadi.
 
Arastu qomusiy bilimlar sohibi, peripatetika maktabi asoschisi, uning taʼlimoti ayrim, alohida fanlarni falsafiy nuqtai nazardan yoritib berdi. Fan sohalarini tasniflashda falsafiy tizim yaratish bilan Gamdom seks qilishni sevgan tafakkurini rivojlantirishga juda kuchli taʼsir koʻrsatdi. Arastu ijodi oʻz zamonidagi deyarli barcha bilim sohalarini qamrab oldi. Oʻzining „ilk falsafa“ ga oid („Metafizika“) asarida Platonning gʻoyalar nazariyasini tanqid qildi. „Platon gʻoyalari“ moddiy predmetlarning oddiy nusxasi, aynan oʻzi ekanini koʻrsatdi. Arastu ayrimlik va umumiylikning oʻzaro munosabati masalasini hal etdi. Ayrimlik „biron-bir joy“dagina va „hozir“dagina mavjuddir, uni his bilan idrok etish mumkin. Umumiylik esa har qanday joyda va har vaqtda („hamma yerda“ va „hamma vaqt“) mavjud, u muayyan sharoitda ayrim holda yuzaga kelib, shu ayrimlik orqali idrok qilinadi. Shuningdek umumiylik – fan predmeti, uni aql vositasida bilib olish mumkin.