Kommunizm: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rescuing 1 sources and tagging 0 as dead.) #IABot (v2.0.8 |
Tahrir izohi yoʻq Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali |
||
Qator 3:
'''Kommunizm''' ({{lang-la|communis}} — umumiy) — xususiy mulkchilikni inkor qilishga asoslangan turli karashlarning umumiy nomi (ibtidoiy Kommunizm, xayoliy Kommunizm, „kazarma“ Kommunizmi va boshqalar). Unga koʻra, yagona umumiy (ijtimoiy) mulk jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishining asosini tashqil qiladi. Bu gʻoya „ideal jamiyat“ nomi bilan Platon, keyinroq T.Mor, [[Tommaso Campanella]], Sh.Furye va boshqalarning asarlarida ilgari surildi, Kommunizm yoki kommunistik jamiyat nomi bilan 19—20-asrlarda [[Karl Marx]], [[Friedrich Engels]] va [[Vladimir Lenin]] asarlarida nazariy ifodasini topdi. Markscha tarixiy jarayon haqidagi qarashga binoan, Kommunizm — kapitalizm oʻrnini egallaydigan va oʻz taraqqiyotida 2 bosqich (faza) — sotsializm deb ataladigan quyi bosqich hamda toʻla Kommunizm deb ataladigan yuqori bosqichni bosib oʻtadigan ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyadir. Kommunizm nazariyotchilari bu ikki bosqichning oʻziga xos jihatlari hamda umumiy tomonlari mavjudligini koʻrsatishga urinishgan. Umumiy tomoni iqtisodiy jihatdan yagona ijtimoiy mulkka asoslanganligi, oʻziga xos tomoni esa — mehnat taqsimoti tamoyili bilan belgilanadi, deb uqtirishgan. Chunonchi, ular Kommunizmda „har kimdan qobiliyatiga yarasha, har kimga ehtiyojiga yarasha“ tamoyili amal qiladi, „Kommunizmda muhim ijtimoiy tafovutlar boʻlmaydi, hamma teng boʻladi“, „davlat oʻz vazifasini bajarib boʻladi va barham topadi“, deb hisoblashgan.
Kommunizm gʻoyasining asosida tarixni faqat materialistik tushunish, formatsiyaviy qarash, sinfiylik va partiyaviylik tamoyillariga asoslanish, proletariat manfaatlarinigina himoya qilish
Hozirgi vaqtda ayrim davlatlar sotsializmni bozor munosabatlari bilan bogʻlashga harakat qilmoqsalar, Kommunizm toʻgʻrisidagi qarashlarga oʻz xususiyatlarini hisobga olgan holda yangicha yondoshmoqdalar. Lekin yaqin oʻtmishda Kommunizm yoki kommunistik jamiyat qurish yoʻlini tanlagan davlatlarning aksariyati bugungi kunda mustaqil davlatlar sifatida oʻzlariga xos rivojlanish yoʻlidan bormoqdalar.<ref>"{{PAGENAME}}" ''[[OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/Oʻzbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20K%20harfi.pdf K-harfi] {{Webarxiv|url=https://web.archive.org/web/20200609151238/http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O%CA%BBzbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20K%20harfi.pdf |date=2020-06-09 }} Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
Kommunistcha [[g‘oya]]larda insoniyatning eng
== Manbalar ==
|