Fresca: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: mil. av. → miloddan avvalgi, -a.da → -asrda (3) using AWB
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Freska''' (ital. fresco — yangi) — rangtasvir asari yaratish usuli; asarlari yangi nam suvoqqa quriganda yupqa shaffof kaltsiykalsiy karbonat qatlami hosil qiluvchi suvli yoki ohak suvi qoʻshilgan boʻyoklardaboʻyoqlarda ishlanadi. Bunda boʻyoqlar mustahkamlanib, F.Freska -ning uzoq saqlanishini taʼminlaydi. Shu usulda yaratilgan rangtasvir asari ham F. deb ataladi. Meʼmorlik bilan bogʻliq holda monumental kompozitsiyalar yaratish imkonini beruvchi F. devoriy rassomlikning asosiy usullaridan. F. uchun suvoq asos bir necha qatlam — 1 kiyem soʻndirilgan ohak va 2 qism mineral toʻldiruvchilar (qum, ohak, gʻisht yoki sopol kukunlari)dan iborat boʻladi, baʼzan suvoqni yorilishdan saklaydigan organik moddalar (somon, poʻkak, kanop va h.k.) qoʻshiladi. Odatda, ohak bilan kimyoviy reaksiyaga kirishmaydigan boʻyoklar ishlatiladi. F. rang tuslarining barcha imkoniyatlarini yuzaga chiqaradi, faqat bunda boʻyoqlar quriganda oʻta oqarishini nazarda tutish kerak. Oʻsimlik boʻyoklar quruq suvoqqa yelim yordamida yotqiziladi. F.da lessirovka muhim rol oʻynaydi, biroq koʻp boʻyoq qatlamida rang xiralashadi va oqaradi. F.dan tashqari quruq suvoqqa ishlanadigan rangtasvir usuli (a sekko) ham qadimdan maʼlum boʻlgan.
 
F. miloddan avvalgi 2ming yilliqdanyillikdan maʼlum: egey sanʼatida tarqalgan, antik badiiy madaniyatda yuksak darajada rivojlangan. Milodning dastlabki asrlarida F.ga yaqin boʻlgan boʻyama devoriy rasmlar Sharq (Hindiston, Oʻrta Osiyo va boshqalar) xalqlarida yaratila boshlandi. Antik davr ustalari F.ni, odatda, tempera yordamida tugatganlar; bu usul Oʻrta asrlar F.si (Vizantiya, Qad. Rus, Italiya va boshqalar)ga ham xos boʻlgan. Uygʻonish davrida italiyalik rassomlar (Jotto, Mazachcho, Rafael, Mikelanjelo va boshqalar) ijodida F. yangi taraqqiyot bosqichiga koʻtarildi, 16-asrdan tempera qoʻllanilmagan "sof" F. tarqaldi. 20-asrning ilgʻor rassomlari (Italiyada A. Borgonsoni, Meksikada D. Rivera, Rossiyada V.A. Favorskiy va boshqalar) F.da ijod qildi, F. palitrasi koʻpgina yangi sintetik boʻyoklar bilan boyidi.
 
Oʻzbekiston hududida qadimdan quruq suvoqqa ishlanadigan F. usuliga yaqin devoriy rasmlar yaratilgan (Afrosiyob devoriy rasmlari va boshqalar), 20-asrdan F. keng tarqaldi. F. sanʼatining Oʻzbekistonda rivojlanishiga Ch. Ahmarov, N. Kashina, A. Gan va boshqa katta hissa qoʻshdi.