Buddizm: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
[[Fayl:Budda haykali.jpg|450x500px|frame|right|Budda tasviri tushurilgan haykal]]
'''Buddizm''' (Budda nomidan olingan), Buddaviylik — jahonda keng tarqalgan dinlardan biri (xristianlik va islom dini bilan birga). Unga eʼtiqod qiluvchilar taxminan 500 mln.dan ortiq. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda Hindistonda paydo boʻlgan. Markaziy Osiyo, Jan.Sharqiy Osiyo mamlakatlarida va Uzoq Sharqda tarqalgan. Hozirgi kunda B. Shri Lanka, Myanma (Birma), Tailand, Laos, Kambodja, Vyetnam, Tibet, Butan va Yaponiya kabi davlatlarning asosiy dinidir. B. muayyan tarixiy davrlarda Xitoy, Hindiston, Koreya va Indoneziyada, deyarli butun Osiyo xalqlari, yaʼni jahonning salkam 2/3 qismi aholisi maʼnaviy qadriyatlariga juda katta taʼsir koʻrsatgan. Rivoyatlarga koʻra, B.ga Siddhartha Gautama (Budda) asos solgan. B.da 2 asosiy yoʻnalish mavjud: xinayana va maxayana. Keyingisi juda koʻp sekta va mazhablarga boʻlinadi.