→Qizil kitob: Grammatikani tuzatdim
Tahrir izohi yoʻq |
(→Qizil kitob: Grammatikani tuzatdim) Teglar: Mobil tahrirlash Mobil dastur orqali Android ilova orqali |
||
1948 yilda tashkil etilgan Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi kamyob va yoʻqolib ketish xavfida boʻlgan oʻsimlik va hayvon turlarining roʻyxatini tuzish gʻoyasini amalga oshirishga kirishdi. Turlarni saqlab qolish boʻyicha maxsus xalqaro komissiya tuzilib, 1966 yildan boshlab boshqa tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari bilan hamkorlikda xalqaro Qizil kitobning dunyo va alohida mintaqalar florasiga bagʻishlangan nashrlar chop etila boshlandi.
Oʻzbekistonning noyob va kamayib borayotgan oʻsimlik va hayvonlari toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar 1974 yil taʼsis etilgan Qizil kitobda oʻz aksini topgan. Oʻzbekiston Qizil kitobi 1978 da taʼsis etildi. Birinchi marta Oʻzbekiston Qizil kitobining faunaga bagʻishlangan qismi 1983 yil nashrdan chiqdi. Unga umurtqali hayvonlar (baliqlar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar) ning 63 turi kiritilgan edi. Oʻsimliklar olamining kamyob, yoʻqolib ketish xavfida boʻlgan 163 turi haqida ilk bor mukammal maʼlumotlar 1984 yil bosmadan chiqqan Qizil kitobda keltirilgan. Qizil kitob — davriy nashr hisoblanadi. Unga kiritiladigan oʻsimlik va hayvon turlari Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi taklif etgan tasnifga binoan 4 guruhga ajratiladi: 1) yoʻqolgan yoki yoʻqolish arafasida turgan (jiddiy muhofaza talab etuvchi) turlar; 2) yoʻqolib borayotgan (areali va soni kun sayin kamayib borayotgan, maxsus muhofazaga muhtoj) turlar; 3) kamyob, bevosita yoʻqolish xavfi boʻlmasada, kichik maydonlarda kamdankam uchraydigan (muhofazaga muhtoj) turlar; 4) muayyan
Oʻzbekiston faunasi va florasining baʼzi turlari Xalqaro Qizil kitobda ham oʻz aksini topgan. Unda har bir tur uchun alohida sahifa ajratilgan boʻlib, unda mazkur oʻsimlik yoki hayvon turining oʻzbekcha, ruscha, lotincha (ilmiy) nomlari, ularning sistematik oʻrni, qisqacha morfologik tavsifi, tarqalishi, yashash muhiti, tabiatdagi soni, koʻpayishi, areali va sonining oʻzgarishi sabablari, muhofaza qilish choralari va boshqalar bayon etilgan.
|