Bobur: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
213.230.118.36 (mun.) tomonidan qilingan 2188700-sonli tahrir qaytarildi
Teg: Bekor qilindi
Qator 16:
Boburning otasi — [[Umarshayx Mirzo]] [[Fargʻona viloyati]] hokimi, onasi — [[Qutlugʻ Nigorxonim]] [[Moʻgʻuliston]] xoni va Toshkent hokimi [[Yunusxonning]] qizi edi. Boburning onasi oʻqimishli bo'lgan va oqila ayol boʻlib, Boburga hokimiyatni boshqarish ishlarida faol koʻmak bergan, harbiy yurishlarida unga hamroxlik qilgan. Umarshayx Mirzo xonadoni poytaxt [[Andijon]]ning arki ichida yashar edi. Hokim yoz oylari [[Sirdaryo]] boʻyida, [[Axsi]]da, yilning qolgan faslini Andijonda oʻtkazardi. Boburning yoshligi Andijonda oʻtgan. Bobur barcha temuriy shahzodalar kabi maxsus tarbiyachilar, yirik fozilu ulamolar ustozligida [[harbiy taʼlim]], [[fiqx ilmi]], [[arab tili|arab]] va [[fors tili|fors]] tillarini oʻrganadi, koʻplab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qiladi, ilm-fanga, sheʼriyatga qiziqa boshlaydi. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan „Bobur“ („Sher“) laqabini oladi.
 
Bobur otasi yoʻlidan borib, mashhur sufiy — [[Xoja Ahror]]ga ixlos qoʻyadi va uning tariqati ruhida voyaga yetadi, umrining oxiriga qadar shu eʼtiqodga sodiq qoladi. Keyinchalik, „[[Boburnoma]]“ asarida Bobur Xoja Ahror ruhi bir necha bor uni muqarrar halokatdan, xastalik va chorasizlikdan xalos etganini, eng ogʻir sharoitlarda rahnamolik qilganligini taʼkidlaydi. Otasi Axsida bevaqt, 39 yoshida fojiali halok boʻlgach, oilaning katta farzandi, 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga oʻtiradi (1494-yil iyun).onhhhhhbbbbsssalom
 
== Movarounnahr taxti uchun kurash ==