Qobul Tursunov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
+
+
Qator 42:
 
== Biografiya ==
K. B. Tursunov 1964-yil [[Buxoro viloyati]]ning [[Navoiy tumani]]da (hozirda [[Navoiy viloyatidaviloyati]]da joylashgan) tavallud topgan<ref name="Navoi">{{cite web|url=http://www.navoi.uz/uz/menu/tursunov-kobul-beknazarovich|title=Турсунов Кобул Бекназарович|website=Navoi.uz|accessdate=2021-04-19|deadlink=no}}</ref>.
 
1993-yilda [[Toshkent davlat texnika universiteti]]ning Navoiy filialini; 2004-yilda [[Buxoro davlat universiteti]]ni; 2005-yilda esa [[Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi]]ni tamomlagan<ref name="Navoi"/>.
 
Faoliyatini Navoiy tumani 18-koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonnasida boshlagan. Bu yerda ishchi, keyinchalik xaridlar boʻyicha iqtisodchi boʻlib ishlagan (1981—1986). 1986-yildan „Davlatagrosanoat“ qoʻmitasi bosh axborot-hisoblash markazining Navoiy shahridagi 41-boʻlimi etakchi muhandisi; 1989—yildan „Oʻzmatlubotqurilish“ trestiga qarashli „Navoiy“ koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonnasi moliya-iqtisodiyot boʻlimi iqtisodchisi, boʻlim boshligʻi; 1996-yildan shu trest direktorining iqtisodiyot boʻyicha oʻrinbosari; 1997-yildan „Qizilqumsement“ aksiyadorlik jamiyati taʼminot boʻlimi etakchi mutaxassisi, moliya-iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari; 2001-yildan shu AJ moliya-iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi; 2006-yildan Navoiy shahar „Baxt-Textile“ qoʻshma korxonasi bosh direktori oʻrinbosari, keyinchalik direktori boʻlib ishlagan<ref name="Navoi"/>.
 
K. B. Tursunov 2012-yildan Nurota tumani hokimi va 2016-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining byudjet va iqtisodiy isloxotlar masalalari qoʻmitasi raisi lavozimlarida ishlagan<ref name="Navoi"/>.
 
 
2015-yilda III chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining deputati, shuningdek Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi raisi etib saylangan. 2016-yil 25-dekabrda Oʻzbekiston Prezidenti [[Shavkat Mirziyoyev]] Tursunovni Navoiy viloyati hokimi etib tayinladi<ref>https://uz.sputniknews.ru/20161225/Uzbekistan-hokim-naznasheniye-4471756.html</ref><ref name="Navoi"/>.
 
== Manbalar ==