Qadimgi Misr: Versiyalar orasidagi farq

4 bayt olib tashlandi ,  1 yil oldin
(qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3))
Teglar: Mobil tahrirlash Mobil dastur orqali tahrirlash
 
== Tarixi ==
M.da odamlar paleolit davridan boshlab yashagan. Miloddan avvalgi 10—6ming yillikda Nil atrofidagi savannalarda tarqoq yashagan qabilalar terimchilik, ovchilik, keyinroq esa baliq ovlash bilan shugʻullanishgan. Ular orasida kad. som xalqlariga mansub qabilalar, barbarlar va kushitlar boʻlib, ularning aralashuvidan miloddan avvalgi 4ming yillikda M. xalqi vujudga kelgan. Aholi nufusining ortishi chorvachilik va dehqonchilikka oʻtishni tezlashtirgan, bu esa hududiy jamoalarning paydo boʻlishiga olib kelgan.
 
Dehqonchilik qilish uchun kanallar, toʻgʻonlar qurish zaruriyati tugʻilgan, buning uchun esa oʻzaro urushlarda asir tush gan qullar mehnatidan foydalanilgan. Natijada jamoada ijtimoiy tabaqalanish roʻy berib, urugʻ zodagonlari ajralib’chiqqan, qabila sardorlari podshohchalarga aylangan. Bir qancha mayda quldorlik davlatlar vujudga kelgan. Keyinchalik ular oʻrtasidagi kurash natijasida, shim.da Quyi Misr, jan.da Yuqori Misr podsholiklari tuzilgan. Miloddan avvalgi taxminan 3ming yillikda ikkala podsholik birlashib, yagona davlat barpo boʻlgan. M.ning key-ingi tarixi 4 asosiy davrga boʻlinadi: Ilk podsholik (miloddan avvalgi taxminan 3000— 2800), Qadimgi podsholik (miloddan avvalgi taxminan 2800—2250), Oʻrta podsholik (miloddan avvalgi taxminan 2050—1700), Yangi podsholik (miloddan avvalgi 1580—1070), Soʻnggi (Liviya-Sais va Eron) davr (miloddan avvalgi taxminan 1070—332).
Anonim foydalanuvchi