Simob: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k <sub> |
Tahrir izohi yoʻq Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali |
||
Qator 1:
'''Simob''' (lot. Hydrargurum), Hg — [[[[Mendeleyev davriy sistemasi]]]]ning II guruhiga mansub [[kimyoviy unsur]]; tartib raqami 80, atom massasi 200,59. Tabiiy Simob massa sonlari 196, 198—202 va 204 ga teng boʻlgan 7 ta barqaror izotopdan iborat; bulardan eng koʻp tarqalganlari 2(l0Hg(23,13%) bilan 2O2Hg (29,8%). Simobning sunʼiy [[radioaktiv izotoplar]]idan 2()3Hg(T1/2=46,9 kun) va 205Hg (T|/2=5,5 min) amaliy ahamiyatga ega. Simob juda qadimdan maʼlum. Yer poʻstining massa jihatdan 710"6% ini tashkil etadi. Tabiatda baʼzan tugʻma holda uchraydi, asosan, birikmalar holida boʻladi. Simobning asosiy minerali — kino var HgS. Undan tashqari, Simobning 30 ga yaqin minerallari mavjud. [[Ispaniya]], Kavkaz, [[Ukraina]], Oʻrta Osiyo, [[Italiya]] va AQShda Simob konlari bor. Simob — odatdagi trada yaltiroq, kumush rang suyuq metall, zichligi 13,52 g/sm³, suyuqlanish temperaturasi —38,97°, qaynash temperaturasi 357,25°. Simob oʻzida boshqa metallar (mas, natriy, kaliy, [[kumush]], [[oltin]]ni eritib, oʻsha metallarning amalgamasini hosil qiladi. Oʻz birikmalarida 1 yoki 2 [[Valentlik|valentli]]. Kimyoviy jihatdan turgʻun modda. Asl metallar singari quruq havoda oksidlanmaydi; Simob kislorod bilan faqat yuqori trada reaksiyaga kirishadi. Galogenlar va oltingugurt bilan oson birikadi. Xlorid kislotada va suyultirilgan sulfat kislotada erimaydi, lekin zar suvida, nitrat kislotada, qaynoq konsentrlangan sulfat kislotada eriydi. Simobning ionlanish potensiali katta bulganligidan birikmalari beqaror, qizdirilganda parchalanadi. Bir valentli Simob birikmalari qizdirilganida Simobga va 2 valentli Simob birikmalariga parchalanadi; mas, Hg2(NO3)2 <=* Hg+Hg(NO3)2. Simob juda koʻp asboblar (mas, barometr, termometr, yukrri vakuum nasoslari)da, oltin va kumushni rudalardan ajratib olishda, elektrotexnikada, radiotexnikada, portlovchi moddalar, kunduzgi, katod va kvars lampalari, kalomel elektrodlari tayyorlashda, harbiy maqsadlarda ishlatiladi.
Odam va
Simob birikmalari. Simobning koʻp birikmalari maʼlum. Simob amidlari, mas, [Hg(NH3)2]Cl2NH3HgC! tibbiyotda qoʻllanadi. Simob diatsidodiaminlarining umumiy formulasi [MeA2X2]"~2 boʻlib, kompleks birikmalardan hisoblanadi. Simob dimetil (CH3)2Hg — rangeiz ogʻir suyuqlik, shirin mazaga ega, bugʻi juda zaharli. Oksidlaridan Hg2O — kora tusli kukun va HgO — qizil yoki sariq tusli kristall, peroksidi HgO2 beqaror modda, Simob metilxlorid CH3HgCl — rangeiz kristall modda, organik sintezlarda qoʻllanadi. Simob (1)nitrat HgNO3H2O — rangeiz kristall, suvda, nitrat kislotada eriydi, spirt va efirda erimaydi. Simob (II)bariy yodid Ba(HgI4)5H2O yoki HgI2BaI25H2O sargish kristall, beqaror, gigroskopik, suvda va spirtda eriydi. Mikroanalizda alkaloidlarni anikdashda ishlatiladi. Simob (II) bromid (simob dibromid) HgBr2 — kristall modda, oq kukun, zaharli, suvda, spirt va efirda eriydi. Simob (II) xlorid sulema deyiladi.
|