Muhammad Yusuf: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali Android-ilova orqali
→‎Ijodi: Xatoni tuzatdim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali Android-ilova orqali
Qator 26:
 
== Ijodi ==
Muhammad Yusufning dastlabki sheʼrlari „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ haftaligida bosilgan (1976). Shundan boshlab respublika matbuotida uning [[sheʼr]], [[ocherk]] va [[maqola]]lari muntazam ravishda chop etila boshlagan. Ilk sheʼrlar kitobi — „[[Tanish teraklar]]“ (1985). „[[Bulbulga bir gapim bor]]“ (1987), „[[Iltijo]]“ (1988), „[[Uyqudagi qiz]]“, „[[Halima enam allalari]]“ (1989), „[[Ishq kemasi]]“ (1990), „[[Koʻnglimda bir yor]]“ (1991), „[[Bevafo koʻp ekan]]“, „[[Yolgʻonchi yor]]“ (1993), „[[Erka kiyik]]“ (1995) va „[[Osmonimga olib ketaman]]“ (1998) sheʼriy kitoblari nashr etilgan. Mazkur kitoblarga kirgan sheʼrlarda Muhammad Yusufga mansub boʻlgan avlodning eng olijanoboliyjanob va yuksak insoniy fazilatlari bilan birga yoshlik sururi, ishq va muhabbatning nafis navolari, oʻzbekona, sodda, ayni paytda ezgu, bokira va betakror tuygʻu hamda kechinmalari oʻzining yorqin ifodasini topgan. Soʻzning badiiy imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanish, musiqiy ravonlik, tuygʻular tiniqligi, samimiylik va mayinlik, ruhiyat manzaralarini loʻnda va yakdil ifodalay bilish Muhammad Yusuf sheʼriy uslubining yetakchi xususiyatlaridir. Uning qalamiga mansub aksariyat sheʼrlar taniqli xonandalar tomonidan ijro etilmoqda. Muhammad Yusuf ijodi ayni gullab yashnagan paytda, Ellikqalʼa tumanida sheʼriyat muxlislari bilan uchrashish maqsadidagi ijodiy safarida vafot etgan. [[Andijon]]da dafn etilgan.
 
== Xotira ==