Parfiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 13:
Milodiy 3-asrdan boshlab podsholikning janubi-gʻarbidagi Parsua viloyati yuksalib Sosoniy sulolasi asos solgan davlat tashkil topadi.
Milodiy 224-yilda sosoniy hukmdorlari Parfiya poytaxti Ktesifonni egallab, kuchsizlanib qolgan Parfiya podsholaridan taxtni tortib oladilar.
Shunday qilib, 500 yilcha umr koʻrgan Parfiya podsholigi agʻdarilib, uning oʻrnida Sosoniylar davlati tashkil topadi,
'''Parfiyaning ijtimoiy tuzumi''', xoʻjaligi va madaniyati. Parfiya janubi-gʻarbiy Osiyodagi yirik quldorlik davlatiaridan biri boʻlgan. Davlat tepasida arshakiylar sulolasidan boʻlgar shoh oʻtirgan. Shoh huzurida qabila aslzodalari va ruhoniylardan Iborat ikki alohida kengash boʻlgan. oʻlgan shohning oʻrniga aka-uka va oʻgʻillaridan biri taxtga oʻtqizilgan. Shoh davlat ahamiyatiga ega boʻlgan masalalarni aslzoda va ruhoniylar kengashi bilan maslahatlashib hal etgan. Mamlakat aholisining asosiy qismini ozod dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar va ziyolilar tashkil etgan, Parfiyada qulchilik ancha sust rivoj topgan edi. Solnomalarda qulning bolasi ham qul boʻlib qolishi taʼkidlangan. Qullar mehnatidan xoʻjalikning hamma tarmoqlarida foydalanilgan. Parfiya aholisi toʻrt tabaqadan iborat boʻlgan. Ular: 1. Zodagon jangchilar. 2. Yengil qurollangan suvoriylar. 3. Erkin jamoachi dehqonlar. 4. Qullar. Parfiya shohlarining asosiy kuchi qoʻshin boʻlgan. Parfiya qoʻshinining asosiy qismini qullar tashkil etgan.
 
Rim tarixchisi Pompey Trog: „Ularning qoʻshinlari qullardan tashkil topgan, qullar olomoni koʻpayib bormoqda, chunki hech kim ularni ozod etolmaydi, hammasi qullar boʻlib tugʻiladi. Ular shu qullarni oʻz farzandlaridek koʻrib tarbiyalaydilar, ot minishga va oʻq-yoy otishga oʻrgatadilar“,- deb yozgan ekan.
 
Parfiyonlar Rim sarkardasi Antoniyga qarshi 50 000 suvoriy tayyorlaganlar, shulardan 400 suvoriy erkin kishilardan, qolgani esa qullardan boʻlgan.
'''Parfiya xoʻjaliginingxoʻjaligi'''ning asosini dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq tashkil etgan. Parfiya aholisi Murgʻob, Tajan, Atrok, Karun, Kerxa kabi daryo va soy boʻylaridagi unumdor yerlarga sholi, sabzi, turp, sholgʻom, qovun, tarvuz, qovoq ekib parvarish qilganlar. Ular olma, anor, anjir, oʻrik, uzum va boshqa mevali daraxtlar ekib. bogʻdorchilik bilan shugʻullanganlar. Sugʻorilmaydigan lalmikor kam suvli yerlarga bugʻdoy, arpa, tariq, noʻxat, mosh kabi dukkakli ekinlar ekkanlar.
'''Qishloq xoʻjalik''' ishlarida qullar mehnatidan foydalanganlar. Ozod dehqonlar olingan hosildan davlatga soliq toʻlaganlar. Dehqonlar yerni haydash va unga ishlov berishda omoch, belkurak, ketmon, tesha, o ʻroq, so ʻqa, mola kabi mehnat qurollaridan foydalanganlar. Qishloq xoʻjalik ishlarida ot, eshak, xachir, hoʻkiz va tuyalardan foydalanilgan. Dehqonlar ham kam miqdorda qoramol, qoʻy, echki, eshak, ot va tuya asraganlar. Parfiyaning togʻ, togʻ oldi, yassitogʻlik va dashtlarida seroʻt yaylovlar koʻp boʻlgan. Bu yaylovlarda qoʻy, echki, qoramol, eshak, tuya va xachirlar boqilgan.
Parfiyaliklar yilqichilikka katta eʼtibor berganlar. Parfiyaning quruq iqlimli yaylovlari va togʻ yonbagʻirlarida asl zotli otlar parvarish qilingan.
Hikoya qilishlaricha Iskandar Zulqarnayn Parfiya boʻylab oʻtayotganda, mamlakatning dasht va togʻ yaylovlarida yuz minglab aygʻir, biya va qulunlarni oʻtlab yurganini koʻrgan ekan.
Qator 26 ⟶ 27:
Parflyaliklar tuyachilikka ham katta eʼtibor berganlar. Mamlakatning qurgʻoqchil, quruq iqlimli dashtlarida koʻplab tuyalar boqilgan. Ular ot bilan bir qatorda tuyalarni minib yurganlar, ularda yuk tashiganlar. Ular ichki va tashqi savdoda juda katta ahamiyatga ega boʻlgan. Tuyalardan harbiy maqsadlarda foydalanilgan. Parfiya jangchilari tuya minib urushga kirganlar.
Xitoyliklar Parfiyani Anʼsi deb ataganlar. Xitoy sayyohlarining yozishlaricha „Anʼsida yuzga yaqin katta-kichik shaharlar bor“. Ularning eng mashhurlari Zadrakarta, Gekatompil, Ekbatan, Niso va boshqalardir. Bu shaharlarda toʻqimachilik, qurolsozlik, kulolchilik, zargarlik, koʻnchilik, me ʻmorchilik birmuncha rivoj topgan edi.
'''Parfiyada savdo-sotiq''' ancha rivoj topgan boʻlib. savdogarlar Turon, Xitoy, Hindiston, Kavkaz, Misr Kichik Csiyodagi mamlakatlar bilan qizgʻin savdo-sotiq ishlanm olib borganlar. Parfiya savdogarlari gʻarb mamlakatlari bilan Xitoy oʻrtasidagi savdo ishlarida vositachilik qilishgan.
Parfiya ham oʻzining qadimiy madaniyatiga ega boʻlgan. Ular aramey yozuvidan foydalanib, xalq ogʻzaki ijodiyoti asosida koʻplab asarlar yaratganlar. Adabiyotda Qadimgi Eron anʼanalarining taʼsiri kuchli boʻlgan.
U yerda meʼmorchilik, haykaltaroshlik, rassomchilik, boʻrtma rasmlar ishlash ancha rivoj topgan boʻlgan. Parfiya meʼmorchiligi va haykaltaroshligida yunonlarning taʼsiri kuchli boʻlgan. Shoh saroylarining devorlari xilma-xil mazmundagi rasmlar bilan bezatilgan. Suyakdan yasalgan haykallar, shoxdan yasalgan qadahlar, ritonlar va boshqa idishlar kishini hayratga soladi. Oʻsha davrda chiqqan oltin pullarning sathi podsho, malika va jangchilarning tasvirlari bilan bezatilgan.