Kvark: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 10:
 
J.Sveyg kvarklarni tuzlar deb ham atagan. Lekin ushbu nom uzoq yashamadi va unutilib ketdi, chunki tuzlar toʻrtta, kvarklar esa birlamchi modelga koʻra toʻrtta boʻlgan.
 
 
== Kvarklar mavjudligining isboti ==
Kuchli oʻzaro taʼsirning oʻziga xos xususiyatlaridan biri — konfaynment mavjudligi tufayli, kvarklarni erkin holda uchratish imkonsiz. Shu sababli koʻpchilikda u shunchaki matematik modellashtirish natijasi sifatida taassurot qoldiradi.
 
Quyida esa kvarklar haqiqatdan ham mavjud zarralar ekanligiga isbotlarni keltiramiz:
* 1960-yillardayoq tajribalardan adronlar oʻz-oʻzidan multipletlar va supermultipletlarga birlashishi isbotlandi. Boshqacha aytganda, multipletlarga birlashish uchun adronlarning erkinlik darajasi juda kichik boʻlishi lozim. Masalan, barcha barionlarning erkinlik darajasi uchga, mezonlarning erkinlik darajasi esa ikkiga teng. Bu esa ularning tarkibidagi kvarklar soni bilan mos keladi. Shu sababli ham kvarklarni bir vaqtlar „subadron erkinlik darajasi“ deb atashgan.
* yangi zarralar kashf etilgandan soʻng maʼlum boʻldiki, ular tufayli standart modelga hech qanday tuzatish yoki oʻzgartirish kiritish shart emas ekan. Barcha yangi kashf qilingan adronlar soʻzsiz kvark strukturasiga mos keldi.
* kvarklarning elektr zaryadi haqiqatdan ham kasr son koʻrinishida ekanligini qanday qilib isbotlash mumkin? Kvarklar modeliga binoan, yuqori energiyali [[elektron]] va pozitron [[annigilyatsiya]]ga uchraganda, dastlab adronlar emas, balki kvark-antikvark juftligi hosil boʻladi. Ular esa keyin adronlarga aylanadi. Ushbu jarayonning sodir boʻlish vaqti tugʻilgan kvarklarning zaryadiga bogʻliq boʻladi. Oʻtkazilgan tajribalar ushbu nazariyaning toʻgʻri ekanligini tasdiqladi.
* yuqori energiyali tezlatkichlar davri boshlangandan soʻng esa, adronlar ichida impuls taqsimotini oʻrganish imkoniyati paydo boʻldi. Shundan soʻng aniq boʻldiki, adronlarda, masalan protonda impuls tekis taqsimlanmagan ekan. Unda turli erkinlik darajalari boʻyicha har xil taqsimlangan. Ushbu erkinlik darajalarini partonlar deb atashgan (partonlar — adronlarning oʻlchami juda kichik boʻlgan tashkil etuvchilari boʻlib, adronlarning leptonlar hamda boshqa adronlar bilan absolyut noelastik toʻqnashuvi natijasida hosil boʻladi).
* tezlatkichlarning energiyalari ortib borishi bilan, oʻta yuqori energiyalarda [[adron]] tarkibidan alohida kvarkni urib chiqarishga urinib koʻrildi. Kvarklar nazariyasiga binoan, bunday toʻqnashuvlar natijasida adron tori hosil boʻlishi kerak edi. Tajribalar ushbu torlar kuzatildi. Demak, agar [[proton]] hech narsadan tashkil topmagan boʻlganida (yaʼni oʻzi elementar zarra boʻlganida) edi, bu torlar tajribada kuzatilmagan boʻlar edi.
* yuqori energiyalarda adronlarning oʻzaro toʻqnashuvi natijasida, bir adron tarkibidagi kvark ikkinchi adron tarkibidagi antikvark bilan annigilyatsiyaga uchraydi va myuon-antimyuon juftligi hosil boʻladi ([[Drell-Yan hodisasi]]).
* kvarklar modeli orqali proton va neytronlarning magnit momentlari orasidagi farq <math>\frac{\mu_{p}}{\mu_{n}}=-\frac{3}{2}</math> borligini aytadi. Ushbu qiymat tajribada aniqlangan −1,47 qiymat bilan juda yaxshi mos keladi.
 
Shu sababli kvarklar modeli 1976-yilda umumjahon fiziklar hamjamiyati tomonidan tan olingan.