Kvark: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 36:
Kvarklar [[kuchli o'zaro ta'sir|kuchli]], [[kuchsiz o'zaro ta'sir|kuchsiz]], [[gravitatsion o'zaro ta'sir|gravitatsion]] hamda [[elektromagnit o'zaro ta'sir|elektromagnit]] oʻzaro taʼsirlarda qatnashadi. Kuchli oʻzaro taʼsirda ([[glyuonlar]] ishtirokida) kvarklar rangini oʻzgartirishi mumkin, lekin ularning aromati (yaʼni hidi) oʻzgarmaydi. Kuchsiz oʻzaro taʼsirda, esa, aksincha, kvarklarning aromati oʻzgaradi, rangi esa oʻzgarmaydi. Kuchli oʻzaro taʼsirning oʻziga xos tabiati tufayli, yolgʻiz kvark hech qachon boshqa kvarklardan uzoqqa ketolmaydi. Ular erkin holda boʻla olmaydi (bu hodisani [[konfaynment]] deb ataladi). Kvarklarning bir nechtasidan iborat boʻlgan kombinatsiyasi „rangsiz“ adronlarni hosil qiladi.
 
Kvarklar nazariyasining matematik apparati SU(3) izospin almashtirishlar bilan bogʻliq. Ushbu nazariya eksperimentda tasdiqlangan boʻlib, haqiqatdan ham kvarklar oʻrtasidago oʻzaro taʼsir SU(3) almashtirishlarga nisbatan invariantlikni saqlab qoladi.
 
Kvark va antikvark annigilyatsiyalanishi mumkin. Bir xil tipli turli zaryadlarga ega boʻlgan kvarklar, qoidaga binoan, ikkita foton hosil boʻlishi bilan roʻy beradigan annigilyatsiyaga uchraydi (yaʼni elektromagnit oʻzaro taʼsir katta rol oʻynaydi). Masalan, kvark va antikvarkning kombinatsiyasidan (<math>u\overline{u}</math> — <math>d\overline{d}</math>)tashkil topgan neytral <math>\pi^{0}</math> — mezon, elektromagnit annigilyatsiya yoʻli bilan parchalanadi.
 
Neytral [[pion]]dan ogʻirroq boʻlgan zarralar (<math>J/\psi</math>-mezon, <math>\Upsilon</math>-mezon), kuchli oʻzaro taʼsir hamda ikki yoki uchta [[glyuon]] ishtirokida annigilyatsiyaga uchraydi. Yuqori energiyalarda adronlar orasidagi toʻqnashuvlarda kuchsiz oʻzaro taʼsir kesimining ortib borishi kuzatiladi. Natijada kvark va antikvark virtual yoki real <math>W^{\pm}</math>-bozon hamda <math>Z^{0}</math>-bozonlarni hosil qiladi. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, annigilyatsiyalanayotgan kvark va antikvark bir xil tipli boʻlishi shart emas. Masalan, zaryadlangan pi-mezonning parchalanishini koʻrib chiqishimiz mumkin: <math>\pi^{+}\rightarrow\mu^{+}+\nu_{\mu}</math>. Ushbu mezon parchalanishida kuchsiz oʻzaro taʼsir ustunlik qiladi, natijada <math>\overline{d}u</math> kvarklar juftligi annigilyatsiyaga uchrab virtual <math>W^{+}</math>-bozonlarni, undan soʻng esa leptonlar juftligini hosil qiladi. Baʼzida esa ushbu jarayonga teskari boʻlgan, yaʼni kvark-antikvark juftligining hosil boʻlishi ham uchrab turadi.