Huquq — versiyalar orasidagi farq

1 bayt olib tashlandi ,  5 oy oldin
Xatoni togirladim
(Xatoni togirladim)
Teglar: Mobil tahrirlash Mobil dastur orqali tahrirlash
 
'''Huquq''' — davlat tomonidan belgilangan yoki tasdiqlangan umumiy majburiy ijtimoiy normalar tizimi. U huquqiy munosabatlar va fuqaroning davlat tomonidan mustahkamlanadigan, kafolatlanadigan va muhofaza etiladigan asosiy huquqlarini oʻz ichiga oladi. H. davlat boʻlib uyushgan jamiyatda paydo boʻladi va mulkchilik munosabatlarini, xoʻjalik aloqalari mexanizmini mustahkamlaydi, mehnat va uning mahsulotlarini jamiyat aʼzolari oʻrtasidao'rtasida muayyan oʻlchov va shakllarda taqsimlab turuvchi vazifasini oʻtaydi (fuqarolik H.i, mehnat H.i); vakolatli organlar, davlat boshqaru-vi organlari shakllanishi, tartibi, faoliyatini belgilab beradi, nizolarni qay yoʻsinda hal qilish kerakligini, mavjud ijtimoiy munosabatlarni buzishga qarshi kurash choralarini (jinoyat H.i, protsessual H.) belgilaydi, shaxslar oʻrtasidagi munosabatlarning xilma-xil shakllariga taʼsir koʻrsatadi (oilaviy H.). H. normalari boshqa ijtimoiy tartibga soluvchi normalar (din, axloq, odat va boshqalar)dan oʻzining majburiyligi bilan ajralib turadi.
 
H.ning 2 yoki undan ortiq davlatlarning xohish-irodasi, istaklari bilan vujudga keltiriladigan xalqaro huquq hamda faqat bir davlat doirasida boʻlgan milliy H. koʻrinishlari bor. Fanda H.ni "geografik" jihatdan boʻlib talqin qilish ham mavjud. Unga koʻra quyidagi huquqiy tizimlar ("huquq oilalari") farqlanadi: kontinental (yoki romangerman), an-glosakson (yoki ingliz-amerika), in-deys, musulmon huquqi. Qiyosiy huquq-shunoslik namoyandalari "sotsialistik davlat"lar deb atalgan davlatlar H.ini ham alohida tizimga kiritishni taklif etadilar. Oʻzbekiston Respublikasi huquqi kontinental H. tizimiga mansub.
Anonim foydalanuvchi