Futbol: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k 37.110.215.108 tahrirlari Kagansky versiyasiga qaytarildi
Teglar: Eski holiga qaytarish Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Ingilis tilida futbol tarixi
Teglar: Qaytarildi Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 20:
}}
[[Fayl:La mejor Hinchada de Futbol Argentino.jpg|thumb|Futbolda muxlislarning asosiy maqsadi oʻyin davomida oʻz jamoalarini ragʻbatlantirishdir.]]
'''Futbol''' ([[inglizcha]] ''foot'' — „oyoq“, ''ball'' — „toʻp“) — sport oʻyini, 2 darvoza (7,32x2,44 m) li maxsus maydon (90-120 x 45- 90)da toʻp bilan jamoa boʻlib oʻynaladi. F. toʻpining ogʻirligi 410-450 g, aylana diametriningdiametriniengng uzunligi 68-70 sm, oʻyinning asosiy vaqti 90 daqiqa (45 daqiqadan 2 boʻlim, 12-15 daqiqa tanaffus). Maydonda ikkala jamoada 11 kishidan boʻladi. Oʻyindan maqsad raqib darvozasiga toʻpni oyoq yoki gavda qismlari bilan (qoʻldan tashqari) kiritishdan iborat. Faqat darvozabonlargina qoʻl bilan oʻynashi mumkin (jarima maydonchasida).
 
F.ga oʻxshash oʻyinlar miloddan avvalgi Misr va Sharq mamlakatlarida maʼlum boʻlgan, keyin Yevropaga oʻtgan. 1848-yilda Buyuk Britaniyadagi Kembrij un-ti oʻqituvchilari F.ning dastlabki zamonaviy qoidalarini ishlab chiqishgan. 1857-yilda shu mamlakatdagi Sheffild shahrida ilk F. klubi tashkil etilgan. 1863-yilda Angliya F. uyushmasi tuzilib, F. qoidalari tasdiqlangan. 18-asrning oxiri — 19-asrning boshlarida Yevropa va Jan. Amerika davlatlarida ham F. uyushmalari tashkil kilindi. 1896-yil F. olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritildi. 1904-yilda xalkaro futbol federatsiyasi -FIFA tuziddi. F. Braziliya, Germaniya, Italiya, Argentina, Buyuk Britaniya kabi davlatlarda keng rivojlangan. Pele, Maradona, F. Bekkenbauer, L. Yashin, 3. Zidan, R. Ronaldo va boshqa F.chilar bu oʻyinning jahonda ommaviylashishiga hissa qoʻshishdi.