Tikuvchilik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teg: vikimatn muharriri 2017
File
Qator 1:
[[File:De_kleermakerswerkplaats_Rijksmuseum_SK-C-112.jpeg|thumb|Quirijn van Brekelenkam (1661)]]
 
'''Tikuvchilik''' — kasb-hunar turi; kiyim-kechak: koʻrpa-toʻshak va boshqa buyumlarni tikish kasbi. Tikuvchilik vositalari, material va texnikasi turli davrlarda turli xalqlarning moddiy va madaniy saviyasi, iqlim sharoiti, ehtiyoj va imkoniyatlari, urf-odatlari zaminida taraqqiy etgan (qarang [[Kiyim]]). Arxeologik qazishlar natijasida jaxonning turli mamlakatlari hududidan topilgan tikuvchilik vositalari, kiyim-kechak va uy-roʻzgʻor buyumlari bu kasbning barcha xalqlarda qadimdan mavjudligi, oʻziga xos taraqqiyot bosqichlarini oʻtaganligini koʻrsatadi. Tikuvchilik buyumlari dehqonchilik bilan shugʻullanadigan xalqlarda koʻproq oʻsimlik tolalaridan toʻqilgan gazlamalardan, chorvador xalqlarda aksariyat jun gazlama va teridan tikilgan.