Qoʻqon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
+
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 56:
[[Ikkinchi jahon urushi|Ikkinchi jahon urushi yillarida]] [[mehnatkashlari frontga kiyim-kechak]], [[oziq-ovqat]], [[dori-darmon joʻnatib turdilar]]. Shahar aholisi front uchun 10,7 mln. soʻm pul jamgʻarib berdi. Qoʻqonlik jangchilardan 2 ming 682 tasi sobiq Sovet Itshfoqining orden va medallari bilan mukofotlandi, 12 tasi Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor boʻldi. Qoʻqon [[Fargʻona viloyati]]ning (Fargʻona shahridan keyin) 2- oʻrindagi sanoat, transport va madaniy markazidir. Shaharda 22 ishlab chiqarish korxonasi mavjud. Shulardan 2 paxta tozalash zavodi, „Ulugʻbek“, „Qoʻqonadyol“, „Shohi-atlas toʻqish“, „Koʻnchi“, „Zilol“, „Qoʻqonyogʻmoy“, „Qoʻqonnon“, „Qoʻqongoʻsht“, „Qoʻqonspirt“, „Mastona“ korxonalari, motor taʼmirlash, marmar, mexanika, „Elektromash“ z-dlari, mashinasozlik, gʻisht, ishlab chiqarish, superfos-fat, „Qoʻqon“ ishlab chiqarish, mebelsozlik, qurilish mahsulotlari korxonalari, ip yigiruv, paypoq-toʻquv, poyab-zal, trikotaj-tikuvchilik f-kalari ishlab turibdi.
 
Pedagogika instituti 1931-yil,(7 mingdan ziyod talaba), 14 kasb-hunar kolleji (jumladan Qodirjon Haydarov nomidagi tasviriy va amaliy sanʼat kolleji. 1997), akademik litseylar, musiqa va sanʼat maktablari, 44 umumiy taʼlim maktabi faoliyat koʻrsatadi. 12 kasalxona, 2 dispanser, poliklichikalar, dorixonalar, 2 sanatoriy mavjud.
 
19 kutubxona, 7 klub muassasasi, 6 ta muzey (shu jumladan, oʻlkashunoslik muzeyi), drama teatri, xalq teatri ishlab turibdi. 4 bolalar sport maktabi, 3 stadion, sport zallari va boshqa sport inshootlari bor. Qoʻqon shoir, sanʼatkorlar shahri sifatida tanilgan. Qadimda „Qoʻqon adabiy muhi-ti“ mashhur boʻlgan. Shahardan bir qancha adabiyot namoyandalar: Amiriy, Gul-xaniy, Xon, Gʻoziy, Maxmur, Muhyi, Zoriy, Muqimiy, Qoriy, Komiy, Furqat, Haziniy, Nasimiy Hoʻqandiy va boshqa; Hamza, Ibrohim Davron, Ashurali Zohiriy, Mirzoi Hoʻqandiy, Poʻlatjon Qayumiy kabi maʼrifatpar-var ijodkorlar yetishib chiqqan; Nodira, Dilshod, Barno, Anbar otin, Layli xonim, Mahzuna, Mushtariy kabi ayol ijodkorlar ham shu yerda kamol topgan. 20-asr oʻzbek adabiyotiga Abdulla Qahhor, Sobir Abdulla, Usmon nosir, Amin Umariy va boshqa ijodkorlar katta hissa qoʻshgan. Qoʻqon tarixiga doir koʻplab tarixiy asarlar mavjud („Tarixi jahonnoma“, „Shohnomai Umarxon“. „Muntaxob ug-tavorix“, „Ansob us salotin vatavorixul-havokin“ va boshqalar). Qoʻqon meʼmorligining shakllanishi 18-asrdan boshlanadi. Shu davrda shaharda madrasa, masjid, maqbara, karvonsaroy, koʻprik va boshqa binolar bunyod etildi. Monumental inshootlar Oʻrta Osiyoning qad. shaharlari binolarining tuzilishi taʼsirida qurildi. Qoʻqondagi yirik meʼmoriy yodgorliklardan xapq orasida Madrasai Mir nomi bilan mashhur boʻlgan Norboʻtabiy madrasasitr (1798), undan tashqari Daxmai shohon ansambli (1825), Xudoyorxon oʻrdasi (19-asrning 2-yarmi), Jome masjid (19-asr 1-choragi), Kamol qozi madrasasi (1941) va boshqa ham saqlangan.