Ismoilbek Gasprinskiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Cekli829 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
GASPRINSKIY (Gaspralik) Ismoilbek (1851.21.3, Boqchasaroy yaqinidagi Ajikoʻy qishlogʻi —1914.11.9, Boqchasaroy) — jadidchshshkjadidchilik harakatining asoschisi, yozuvchi va publitsist. G.ning otasi Mustafo Gasprinskiy Rossiya harbiy dvoryani (praporshchik) boʻlib, Yalta sh. yaqinidagi Gaspra qishlogʻidan edi. G. qishloq musulmon maktabi, Oqmachit (hoz. Simferopol) gimnaziyasi va Voronejda, Moskva kadetlik korpusida oʻqidi (1864—67). Qrimga qaytgach, rus tili oʻqituvchisi boʻlib ishladi (1867—70). Istanbul va Sorbonna (Parij) universitetlarida oʻqidi (1871—75). Jazoir, Tunis, Misr, Gresiyada boʻldi. Parijda fransuz sotsialistlari va liberallariga yaqinlashdi. Turkiyada Yosh turklar harakati rahbarlari bilan tanishdi (1875—77). Boq-chasaroy sh. meri qilibsaylandi(1877). G. turkiy xalklar tarixi va adabiyotini oʻrganib, Sharq bilan Gʻarb olamini taqqoslash imkoniyatiga ega boʻldi. G. "Rusiya musulmonligi" (Simferopol, 1881) ilk risolasida Yevropa sivilizatsiyasidan koʻr-koʻrona andoza olishga qarshi chiqib, uni tanqidiy qabul qilishga, musulmonlarni ilm-fanni egallashga, texnika yutuqlaridan foydalanishga daʼvat etdi. "Ovrupo madaniyatiga bir nazar muvozini" (Istan-bul, 1885) asarida esa sotsializm gʻoyalari bilan bahsga kirishib, uning asosiy tamoyillarini shubha ostiga oldi. G. Rossiya mustamlakasidagi barcha musulmon xalqlar maorifini tubdan isloh qilish, dunyoviy fanlarni oʻqitish masalasiga alohida eʼtibor berdi. Boqchasaroyda dastlabki "usuli jadid" (yangi usul) maktabini ochdi (1884). Turkiston general-gubernatori N. O. Rozenbaxga musulmon maktablarini isloh qilishga doir loyihasini yubordi. Rad javobini olgach, 1893 y. Turkistonga oʻzi keldi, Buxoro, Samarkand, Toshkentda boʻlib, taraqqiyparvar ziyolilar bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.
 
G. jadidchilik gʻoyalarini kengroq yoyish uchun "Tarjimon" (1883 y. 10 alr. dan), "Millat" (1908), "Bolalar olami" (1908—15), "Uygʻonish" (Qohira, 1908, arab tilida) gaz.lari, "Ayollar olami" jur. (1908—10), "Xa-xa-xa!" hajviy haftanomasini chiqardi. Jadid maktablari uchun "Xoʻjai sibyon" ("Bolalar muallimi") darsligini, "Rahbari muallimin yoki muallimlarga yoʻldosh" (1898) kitobini yozdi.