Issiqlik elektr stansiyalari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Issiklik elektr stansiyalari''' ('''IES''') — [[Qattiqlik|qattiq]], [[Suyuqlik|suyuq]] va [[gaz]] holatdagi organik yoqilgʻilarning issiqlik energiyasini elektr energiyasiga aylantiradigan qurilmalar majmui. Asosiy energetik agregatlar qatoriga suv yuradigan quvurlar (trubalar) batareyasidan iborat qozon tizimi, bugʻ turbina (bugʻ dvigatel) lari va turbogeneratorlar kiradi. Qozon tizimiga yuborilgan suv yuqori bosimli bugʻga aylap girilib turbina parraklariga beriladi. Natijada turbina bilan mexanik bogʻlangan generator tegishli tezlikda aylantirilib, mexanik energiya elektromagnit induksiya qonuniga binoan generatorda elektr energiyasiga aylanadi. IESda ishlatiladigan yoqilgʻi issiqlik energiyasining faqat 30% gina foydali elektr energiyasiga aylantiriladi, yaʼni IES ning [[foydali ish koeffitsiyenti]] 30% ga tengdir. Foydali ish koeffitsiyenti qiymatini oshirish maqsadida qozondagi bugʻ bosimi iloji boricha yuqori qilinadi va turbina parraklaridan oʻtib, ish bajarib boʻlgan bugʻning hammasi sovitkichlar vositasida sovitilib, qayta suvga aylantiriladi (kondensatlanadi) va qozon tizimiga yuboriladi. Bunday IESni kondensatsiyey elektr stansiyalari (KES) deyiladi va ularda foydali ish koeffitsiyenti qiymati h=30—35% gacha koʻtariladi hamda suv berk tizimda aylanishi sababli kuvurlar batareyalaridan iborat qozonni taʼmirlash ishlari keskin qisqaradi. IESlar, odatda, qattiq, suyuq yoki gaz holatdagi arzon yoqilgʻi koni yaqinida quriladi. Stansiya generatorlaridan olingan elektr energiyasining asosiy qismi bir necha 100 km masofadagi isteʼmolchilarga kuchaytiruvchi transformator va yuqori voltli elektr uzatish liniyalari vositasida yetkaziladi, qolgan qismi esa stansiyaning oʻz generator kuchlanishida yoki pasaytiruvchi transformator orqali beriladi (yana qarang: [[Issshushk elektr markazi]]).
 
Elektr energiyasi bilan taʼminlash koʻlamiga qarab, issiqlik elektr stansiyasi tuman, sanoat korxonalari, qishloq, shahar miqyosida, kommunal xoʻjalikda, t. y. transportida foydalaniladigan xillarga boʻlinadi. Issiqlik elektr stansiyasi yaxlit elektr tizilmalarga birlashtirilib yoki alohida ishlatilishi mumkin.