Kimyo: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
k 37.110.214.24 tahrirlari Malikxan versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
Qator 1:
'kerak emas bolgan ###fan
''', a4 dan battar narsa Gulboyev domla o'tadi .soqqa qiladi. 431 18 guruhi salom.— moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. Kimyo boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish, biridan ikkinchisini xrsil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi. Odamlar qadimda rudalardan metallarni ajratib olish, turli xil qotishmalar tayyorlash va qoʻllash, jumladan, shisha tayyorlash va undan turli maqsadlarda foydalanishni bilganlar. Miloddan avvalgi Misrda kimyoviy jarayonlarga asoslangan hunarmandchilik rivojlanganligi maʼlum. Pishiq charm tayyorlash, uni boʻyash, rangli shisha olish, oʻsimliklardan dori-darmon va xushboʻy hidli moddalar tayyorlash, sopol buyumlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Oʻsha davrlarda kimyoviy mahsulotlar Hindiston, Xitoy va Oʻrta Osiyoda ham ishlab chiqarilgan. "Kimyoi hunar" sohibi boʻlgan kimyogar bir moddadan ikkinchi mahsulotni tayyorlash ishi bilan shugʻullangan. Oʻzbekistondan oʻtgan Buyuk ipak yoʻli orqali miloddan avvalgi 1-ming yillikning 2-yarmidan boshlab, mamlakatga savdo-sotiq bilan birga hunarmandchilik ham kirib keldi. Topilgan juda koʻp tarixiy buyum va yodgorliklar Oʻzbekiston hududida yashagan aholining kimyo hunaridan qadimdan boxabar ekanligidan darak beradi. Buxoro yaqinidagi Poykend manzilgohidan 8-asrga taalluqli kimyo laboratoriya topilgan. Laboratoriya jihozlari ichida turli idishlar, shisha asboblar, bolalar sumagi uchraydi.
 
Kimyoning fan sifatida shakllanishini tadqiqotchilar Misr bilan bogʻlashadi. Savdo-sotiq, xunarmandchilik va maaaniy alokalar juda rivojlangan bu mamlakatda ilm, falsafiy qarashlar, sanoat va qishloq xoʻjaligi yaxshi rivoj topali. Nil boʻyidagi Iskandariya shahrida 1-asrda yozilgan traktatlarda koʻpgina kimyoviy maʼlumotlar, jumladan, kimyoviy ji-hozlarning koʻrinishlari, kuydirish, pishirish, toblash, quruq haydash, eritish, kristallanish, ajratish va boshqa usullar haqida maʼlumotlar keltiriladi. Mazkur manbada oddiy metallardan oltin olish gʻoyasi ham ilgari surilgan boʻlib, mavhum bu izlanish fanning rivojlanishiga maʼlum darajada toʻsqinlik qildi, olimlar fikrini boshka — amalga oshmaydigan yoʻnalishga burib yubordi. Iskandariya traktatlari maʼlumotlaridan foydalangan arab olimlari tez orada bir nechta yangi moddalar, jumladan, nitrat kislota, tuzlar va boshqalarni olishni kashf qildilar. Misrlik olimlar tilidagi Kimyoga arablar "al" qoʻshimchasini qoʻshib mashhur "Alkimyo"ga asos soldilar. Natijada koʻpgina ilmiy asarlar, kitoblar, maqolalar va tajribalar ifodalari paydo boʻldi. Keyinchalik bu soʻz Yevropa mamlakatlarida "Ximiya" nomi bilan ommalashdi. Muhammad Xorazmiy 10-asrda "Kimyo" soʻzi arabcha "kamoyakmi", yaʼni "yashirmoq", "berkitmoq" ni anglatadi, deydi. Turk olimi Toshkoʻpir-zodaning fikriga koʻra, mazkur soʻz yahudiycha "kimyax" dan olingan. Baʼzi olimlar "Kimyo" soʻzi Misrning qad. nomi "Xem" yoki "Hame"dan olingan degan fikrni ilgari surishadi. Bu soʻz "qora" yoki "qoramtir" maʼnosini anglatib, manbalarda "Kimyo" "Misr fani" degan maʼnoda keladi. Boshqa bir guruh olimlar esa "Kimyo" soʻzi yunoncha "kimyo" iborasidan kelib chiqqan boʻlib, "suyuqlik", "eritilgan metall"ni anglatishiga ishora qiladilar. Ammo, qanday boʻlishidan qatʼi nazar, mazkur fanning Sharq mamlakatlarida bir kator rivojlanganligi, bu borada oʻrta osiyolik olimlarning xizmati katta ekanligi tarixiy manbalardan maʼlum.