Meksika: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali |
k 2806:263:C406:74C:61F1:C1AE:15DC:CD3 tahrirlari PlanespotterA320 versiyasiga qaytarildi Teg: Eski holiga qaytarish |
||
Qator 1:
{{Meksika info}}
''
==
M. — federativ respublika. Meksika Qoʻshma Shtatlarining 1917-yil 5-fevraldagi Siyosiy Kon-stitutsiyasi amal qiladi, unga keyinchalik oʻzgartishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (2000 yildan Vi-sente Foks Kesada), u umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 6 yil muddatga saylanadi. Konstitutsiyaga binoan, prezident qayta saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy kongress (2 palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident amalga oshiradi.
==
M. qirgʻoqlari kam parchalangan, eng katta yarim orollari — Kaliforniya va Yukatan. Tinch okeandagi bir necha orol ham M. tarkibiga kiradi. Mamlakat hududining katta qismini Meksika togʻligi (aksariyat balandligi 1000–2000 m, eng baland joyi — harakatdagi Orisaba vulkanlari — 5700 m) egallaydi. Sohilga yaqin joylari pasttekislik. Meksika qoʻltigʻida neftgazli havza, Meksika togʻligida rangli metall rudalari (mis, qoʻrgʻoshin, pyx, kumush, simob, margimush, surma, kadmiy, vismut, qalay, volfram, oltin), mamlakatning Shimoli-sharqida toshkoʻmir, temir va uran rudalari, oltingugurt konlari bor. Iqlimi tropik, shimolida subtropik iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 10°—25°, iyulniki 15°—30°. Yillik yogʻin togʻ yon bagʻirlarida esa 2000–3000 mm.
Oʻsimliklari juda xilma-xil. M.da oʻsimliklarning 12 mingga yakin turi bor; shulardan 2/3 qismi endemik oʻsimliklardir. Meksika togʻligining shimoliy kattaroq qismida uziga xos kserofil oʻsimliklar, shuningdek, mimozadosh butalar oʻsadigan chala choʻl va choʻllar asosiy oʻrin tutadi. Togʻliqning janubiy qismida va bu yerlarni oʻrab olgan pasttekislik sohillarida boshoqlilar va sertikan butalardan iborat savanna oʻsimliklari, togʻlarda bargli va aralash oʻrmonlar (dub, grab, joʻka, karagay, oqqaragʻay va boshqalar) usadi; M.ning janubiy va janubi-sharqiy qismlarida aksari tropik oʻrmonlar, sharqiy yon bagʻirlarida doim yashil sernam oʻrmonlar, gʻarbiy yon bagʻirlarida igna bargli, togʻ etaklarida barg toʻkadigan oʻrmonlar bor.
Yovvoyi hayvonlardan chala choʻl va choʻllarda kemiruvchilar — yer qazir (yer sichqon), koyot (yaylov boʻrisi), Meksika togʻligi oʻrmonlarida qora ayiq, yenot, kizil silovsin, puma, savannalarda bugʻu, chumolixoʻr, jayra, janubiydagi tropik oʻrmonlarda maymunning 2 turi, tapir, yaguar uchraydi. Hayvo-not, oʻsimlik dunyosi va boshqa noyob joylarni qoʻriqlash maqsadida 50 dan koʻproq bogʻ tashkil etilgan. Eng yiriklari: Kumbreode-Monterrey, Syerrade-San-PedroMartir, Kan-ondelrio Blanko va boshqa
Aholisining kupi meksikanlar boʻlib, ular indeys kabilalari va elatlari, Yevropa (asosan, Ispaniya)dan kuchib kelganlar va plantatsiyalarda ishlatish uchun keltirilgan afrikaliklardan iborat. Aholining yarmidan ortigʻi aralash nikoxdan tugʻilgan metis va mulatlardir. Tub indeys xalqlari oʻz tillari va madaniyatlarini qisman saqlab qolgan. Ispanlar, basklar, nemislar, fransuzlar, italyanlar va boshqa ham bor. Rasmiy til — ispan tili. Dindorlarning 96% katoliklar. 73% aholi shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Mexiko, Gvadalahara, Monterrey, Leon, Syudad-Xuares.
==
M. hududida odam yuqori paleolit (miloddan 20—15 ming yil oldin) davridan yashaydi. Bu yerda turli davrlarda Gʻarbiy yarim shardagi eng rivojlangan sivilizatsiyalardan biri mavjud boʻlgan. Miloddan avvalgi 1ming yillik oʻrtalaridan aholi oʻtroq hayot kechira boshlagan, dehqonchilik, hunarmandchilik, sanʼat taraqqiy etgan. Milod boshlarida Markaziy Amerikaning shimoli-gʻarbiy qismida mayya qabilalari yashagan. 1ming yillikning 2-yarmida Markaziy M.da tolteklar xiyla yuksak madaniyat yaratdilar. Lekin bu madaniyatni 2-ming yillikning boshlarida naua qabilalari barbod qildi. Naua qabilalari orasida atsteklar ham bor edi, ular hozirgi Mexiko shahrini barpo etdilar va 14-asrda yirik davlat tuzdilar, bu davlat 15-asrda Markaziy va Janubiy M.ning eng qudratli davlatiga aylandi. Bu yerda dehqonchilik, hunarmandchilik, qurilish texnikasi, tasviriy sanʼat birmuncha rivoj topdi. 1517 yil M.ni ispanlar bosib ola boshladilar. 16-asr oxiriga kelib M. xududi butunlay zabtetildi. Yangi Ispaniya vitseqirolligi tuzildi, butun hokimiyat ispan zamindorlari qoʻl ostiga oʻtdi. Mahalliy aholining aksar qismi oʻz yerlaridan mahrum etildi, mustamlaka hokimlari, zamindorlar va katolik cherkoviga tobe boʻlib qoldi. Ocharchilik, kasalliklar koʻplab indeyslarning yostigʻini quritdi (ispanlar zabt eta boshlagan paytda 25 mln.ga yaqin indeys boʻlgan boʻlsa, 1605 yilga kelganda 1mln. dan sal ortiq indeys qoldi). Ishchi kuchi yetishmay qolgach, Afrikadan koʻplab negr qullar keltirila boshladi. Meksika sanoatining rivojlanishiga turli yoʻllar bilan toʻsqinlik qilindi, koʻpchilik ekinlarni ekishni taqiqlab, tuz, porox, tamaki mahsulotlari sotish davlat monopoliyasiga aylantirildi. Mahalliy xalq mustamlakachilarga qarshi bosh koʻtarib bir necha bor qoʻzgʻolon qildi. Iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi va ichki bozorning vujudga kelishi, milliy ongning uygʻonishi taʼsirida 19-asrning boshlarida meksikan millati tarkib topa boshladi.
Amerikadagi ispan mustamlakalarining mustaqillik uchun olib borgan urushi davrida (1810—26), xususan, 1810—15 yillarda M.da M. Idalgo va X. M. Morelos rahbarligida dehqonlar qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtdi, bu qoʻzgʻolon sha-fqatsiz bostirildi. Ispaniyadagi 1820—23 yillar inqilobi va Janubiy Amerikadagi Ispaniya mustamlakalari vatanparvarlarining muvaffaqiyatlari M.da xalq ozodlik harakatining yangidan koʻtarilishiga sabab boʻldi. A. Iterbude boshchiligidagi harakat keng xalq ommasi tomonidan koʻllab-quvvatlandi. 1821 yil M. mustaqil davlat, 1824 yil esa respublika deb eʼlon qilindi. 1845 yil AQSH Texasni, 1846—48 yillardagi Amerika-Meksika urushi natijasida mamlakat hududining qariyb yarmini bosib oddi. M.ga qarshi uyushtirilgan Angliya-Fransiya-Yspaniya intervensiyasi meksikan xalqining qahramonona qarshiligiga uchrab, interventlarning magʻlubiyati bilan tugadi. 1877-80 va 1884-1911 yillarda general P. Dias prezident boʻlib turdi; ana shu davrda fuqarolar ozodligi oyoq osti qilindi, kongress oʻz ahamiyatini yoʻqotdi. 20-asrning boshlaridan inqilobiy yuksalish roʻy bera boshladi. 1910 yilda dehqonlar harakati avj olib ketdi. F. Vilya, E. Sapata dehqonlar harakatining eng yirik rahbarlari edilar. 1910—17 yillarda M.da inqilob boʻlib oʻtdi. 1911 yil may oyida Dias rejimi agʻdarib tashlandi. Yangi konstitutsiya qabul qilindi.
1929—33 yillardagi jahon iktisodiy boʻhroni davrida inqilobiy harakat kuchaydi va milliy inqilobiy partiyaning radikal qanoti vakili L. Kardenas-idelrio prezident qilib saylandi. Uning hukumati (1934—40) mu-him oʻzgarishlar qildi, yer islohoti oʻtkazdi.
Ikkinchi jahon urushining boshlarida M. hukumati betaraf ekanligini bildirdi; lekin 1942 yil may oyida fashistlar blokiga qarshi urush eʼlon qildi. Urushdan keyingi yillarda M. iqtisodiyoti yuksala bordi. Biroq qishloqda ahvol oʻzgarmadi. 60-yillardan boshlab L. Mateos (1958—64) va D. Ordas (1964—70) hukumatlari milliy iqtisodiyotni mustahkamlash yoʻlini tutdi. 1970 yilda hokimiyat tepasiga kelganL. Echeverria hukumati ahvolni yaxshilash uchun yer islohoti toʻgʻrisida qonun (1971), yangi saylov qonuni (1972), mahalliy kapital qoʻyilishini ragʻbatlantirish va chet el kapitalini tartibga solish toʻgʻrisida qonun (1973) qabul qildi, davlat xizmatchilari uchun haftasiga 5 ish kuni joriy qildi. M.ning Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari, Yaponiya va Lotin Amerikasidagi bir qancha mamlakatlar bilan tashqi savdo aloqalari kengaytirildi.
1976 yilda saylangan prezident L. Portilo va ayniqsa, 1994 yilda saylangan E. Sedilo hukumatlari sanoat va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, iqtisodiy islohotlar oʻtkazishga urindi. Ammo mamlakatning tashqi qarzi oshdi, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish pasaydi, ekinzorlar qisqardi. 2000 yil "Oʻng markazchi alyans" blokidan Visente Foks Kesadaning prezident lavozimiga saylanishi 1929 yildan buyon mamlakatni idora qilib kelayotgan Institutsioninqilobiy partiyaning hukmronligiga chek qoʻydi. Keyingi yillarda xoʻjalik boshqaruvini mahalliylashtirish, davlatga qarashli norentabel korxonalarni qisqartirish, iqtisodiyotning "ochikligi" va tadbirkorlik fa-oliyatini kuchaytirish, oʻzaro manfa-atli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish siyosati oʻtkazila boshladi. M. 1991 yil 26 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligini tan olgan va 1992 yil 16 martda u bilan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. M. 1945 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 16 sentabr — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1810).
==
Institutsion-inqilobiy partiya, 1929 yilda tuzilgan (1938 yilgacha Milliyinqilobiy partiya, 1946 yilgacha M. inqilobiy partiyasi deb atalgan, 1946 yildan hoz nomda); Kardenista milliy yangilanish fronti partiyasi, 1972 yilda asos solingan; M. koʻkatparvar ekologiya partiyasi, 1987 yilda tuzilgan; Demokratik inqilob partiyasi, 1989 yilda tashkil etilgan; Milliy harakat partiyasi, 1939 yilda tuzilgan. Kasaba uyushmalari: Mehnat kongressi, 1966 yilda tuzilgan; M. mehnatkashlari konfederatsiyasi, 1936 yilda asos solingan; M. ishchilari mintaqa konfederatsiyasi, 1918 yilda tashkil etilgan; Ishchi va dehqonlarning inqilobiy konfederatsiyasi, 1952 yilda tuzilgan; M. ishchi va dehqonlarining Xasinto Lopes nomidagi umumiy ittifoqi, 1949 yilda asos solingan; Mehnatkashlarning inqilobiy konfederatsiyasi, 1954 yil tashkil etilgan; Davlat xizmatchilari kasaba uyushmalari federatsiyasi 1938 yil tuzilgan.
== Xoʻjaligi ==
|