Yil fasllari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sent. → sentabr using AWB
Quyesh bo‘lmaydi
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Yil fasllari''' — bahor, yoz, kuz, qish. Yil fasllarining almashinishi Yer aylanish oʻqining orbita (Yerning Quyosh atrofida aylanish yoʻli) tekisligiga nisbatan ogʻishganligi (66°33’) sabab boʻladi. Yer Quyosh tevaragida aylanganda Yer oʻqining yoʻnalishi oʻzgarmaydi. Shu sababli Yer Quyosh atrofida aylanar ekan bir Shim. qutb, bir Jan. qutb Quyoshga qarab qoladi. Shim. qutb Quyoshga roʻpara boʻlganda Shim. yarim shar koʻproq isiydi, Jan. qutb Quyoshga roʻpara kelganda esa Jan. yarim shar koʻproq isiydi. Shundan yil fasllari almashinadi. Shim. yarim sharda bahor faslining boshlanishi deb — Quyoshning bahorgi kun-tun tengligi nuqtasidan oʻtish vaqti (21—22 mart); yoz faslining boshlanishi deb Quyoshning yozgi turish nuqtasidan oʻtishi (21 —22 iyun); kuz faslining boshlanishi deb — QuyeshningQuyoshning kuzgi teng kunlik nuqtasidan oʻtishi (23 sentabr) va qishning boshlanishi deb — Quyoshning kishkiqishki turish nuqtasidan oʻtishi (21—22 dek.) kunlari qabul qilingan. Jan. yarim sharda bularning aksi boʻladi.
 
Yil fasllari bir-biridan Yer yuzining hamma joyida ham farq qila bermaydi. Mac, ekvator yaqinida havo doim bir xil boʻladi. Bu oʻlkalarga ikki tomondan tutashgan joylarda (ekvator yoni oʻlkalarda) yil 2 faslga boʻlinadi: qurgʻoqchil va seryomgʻir fasl. Oʻzbekiston joylashgan kengliklarda esa bahor va kuz fasllari qisqaroq (2 oy atrofida), yoz fasli uzun (5 oy chamasi) boʻladi. Qutbiy oʻlkalarda, aksin-cha, yoz juda qisqa, qish uzoq davom etadi.