Aerozollar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Aerozollar''' (aero... va lot. solutio – eritma) – gaz muhitida muallaq tu-radigan mayda-mayda qattiq yoki suyuq zarralardan tashkil topgan dispers tizimlar. A.dagi zarralarning kattaligi mm ning o‘n milliondan bir ulushidan tortib, bir necha mm gacha boradi (qor uchqunlari, yomg‘ir tomchilari). A. qattiq yoki suyuq jismlarning maydalanishi, parchalanishi (mas, portlash vaqtida) yoki kondensatlanishi (mas, havodagi qattiq jism zarralari, gaz ionlari va boshqalarda suv bugining to‘planishi) natijasida, shuningdek kimyoviy reaksiya vaqtida (ammiak bilan vodorod xloriddan ammoniy xlorid olinganda) vujudga keladi. A.ning muhim xususiyati zarralarning qarama-qarshi zaryadligidir, dispers muhitning zichligi va qovushomigi kichik bo‘lganidan, bunday muhitdagi zarralar to‘xtovsiz harakat qilib turadi, buning natijasida ular o‘zaro to‘qnashib, osongina yiriklashishi mumkin (A. koagulyasiyasi), yiriklashgan zarralar esa ogirlik kuchi ta’sirida dispers muhitdan ajraladi – dispers tizim buziladi. A.ni parchalashda yuqori kuchlanishli elektr toki, markazdan qochirma kuch va ultratovushlardan, maxsus filtrlardan foydalaniladi. Meteorologiyada, havoni changdan tozalashda, harbiy ishda (tutun pardasi hosil qilishda), purka-gich yordamida jismlarga lok yoki bo‘yoq berishda va boshqa ishlarda A. muhim rol o‘ynaydi.
 
== Adabiyotlar ==