Ipak: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
File
Qator 1:
{{Maʼnolari|Ipak (maʼnolari)}}
[[File:Silk_Sari_Weaving_at_Kanchipuram,_Tamil_Nadu.jpg|thumb]]
 
'''Ipak''', pilla tolasi — ingichka, pishiq, yaltiroq, tovlanib turadigan tola; ipak qurtining ipak ajratuvchi ikkita bezidan chiquvchi suyuqlikdan hosil boʻladigan tabiiy toʻqimachilik xom ashyosi. Ipak - ipak qurti pillasini oʻrab turgan uzunasiga bir-biriga yopishmagan, seritsin (ipak yelimi) bilan qoplangan va yelimlangan ikki toladan iborat. Bu tolada 70—75% fibroin (oqsil modda), 20—25% seritsin, 2—3% turli mineral moddalar, 1 — 1,5% mum va yogʻlar bor. Ipak qurtining turiga qarab, pilla tolasining uzunligi 400—1500 m, ingichkaligini ifodalovchi koʻrsatkich — metrik nomeri (№) 2500—3500 yoki 0,4—0,3 teks boʻladi. Bitta pilladan olinadigan tola juda ingichka boʻlgani sababli sanoatda ishlatilmaydi. Pillakashlik fabrikasida pillani qaynatib, har bir pilladagi tola uchi topib, chuviladi. Tolalarning 5—10 tasi uzunasiga qoʻshib yigirilib, kalava holidagi xom ipak olinadi. Qaynatilgan pillaning hammasidan Ipak chiqmaydi; pilla tolasining 10—15% gʻumbak bilan birga qoladi.<ref>[https://textilegu.ru/naturalnye-tkani/chto-takoe-naturalnyj-shyolk.html Tabiiy ipak nima va u nimadan iborat]</ref>