Ahmadobod: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎Adabiyotlar: {{no iwiki}} andozasi oʻchirildi using AWB
Tarih (munozara | hissa)
+image #WPWPTR #WPWP
Qator 1:
[[File:Amdavad Aerial.jpg|thumb|280px|right|Ahmadobod]]
'''Ahmadobod''' – Hindiston g‘arbidagi shahar. Gujarot shtatining ma’muriy va iqtisodiy markazi. Aholisi 2,9 mln. kishi (1991, shahar atrofi bilan). Mamlakatning savdo va mo-liya markazlaridan biri; yirik transport yo‘llari tuguni. 1411 yilda Gujarot sultoni Ahmadshoh tomonidan barpo etilgan. 15 – 16-asrlarda A. Hindistonda muhim savdo va sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan, o‘z hunarmandchiligi va ajoy-ib me’moriy inshootlari bilan shuhrat qozongan. 15-asrda qurilgan katta Jome masjidi, zafar toqi – Tin Darvozasi (15-asr) va o‘ymakorlik bilan ishlangan yog‘och uylar (16 – 17-asrlar) saqlangan. A. il gazlama sanoatining (Bombaydan keyingi) yirik markazi; paxta tozalash, ipak (jumladan sun’iy ipak) va boshqa yengil sano-at tarmoqlari taraqqiy qilgan. Kimyo sa-noati korxonalari bor. Hunarmandchilik (kimxob to‘qish, zargarlik, yog‘och va su-yakdan o‘ymakorlik buyumlari yasash) ri-vojlangan. Un-t bor.