Uyushiq boʻlaklar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Sahifadagi barcha matn oʻchirib tashlandi
Teglar: Boʻsh holga keltirildi Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
k Undid edits by 188.113.202.160 (talk) to last version by Shaxruza
Teglar: Bekor qilindi SWViewer [1.4]
Qator 1:
'''Uyushiq bulaklar''' - gapda bir xil soʻroqqa javob boʻlib, bir xil sintaktik vazifani bajarib, teng bogʻlovchilar yoki sanash ohangi bilan bogʻlangan ran boʻlaklari. Bunday boʻlaklar gapda birdan ortiq holda qator kelishi mumkin va bu gaplar Uyushiq boʻlakli gaplar hisoblanadi. Mac, Tobora koʻtarilayotgan quyosh oʻrik, olma, shaftoli va giloslarning shoxlariga oʻzining ertalabki yogʻdusini sepmoqda. Bu gapda oʻrik, olma, shaftoli va gilos soʻzlari uyushib kelgan. Ular bir xil soʻroqqa javob boʻlib, bir xil sintaktik vazifani bajarmoqda. Ular oʻzaro sanash ohangi va teng bogʻlovchi yordamida birikkan. Gapning barcha boʻlaklari uyushiq boʻla oladi: uyushiq egalar, uyushiq kesimlar, uyushiq aniqlovchilar, uyushiq toʻldiruvchilar, uyushiq hollar. Uyushiq boʻlaklar qismlari, odatda, bir xil grammatik shaklda boʻladi. Gapning boʻlaklari yakka-yakka holda yoki oʻziga bogʻliq soʻzlar bilan kengaygan holda uyushib kelishi mumkin: Abdulla Qahhorning ijodiy tajribasi kitobxonlar uchun ham, adabiyotshunoslar uchun ham, yosh yozuvchilar uchun ham bebaho bir manbadir (P. Qodirov).
Kesim uyushib kelganda uni shakllantiruvchi vositalar (zamon, shaxs-son, mayl, tasdiq-inkor shakllari, bog'lama va ko'makchi fe'llar) oxirgi bo'lakka qo'shiladi: Mavzuni yaxshi tushunish uchun, avvalo, darsni diqqat bilan tinglash berilgan topshiriqlarni bajarish, muntazam takrorlash kerak; Men uzoq yillardan buyon shu shaharda yashab, o'qib, ishlab kelyapman.
Agar ushbu vositalar har bir kesimga qo'shilsa, bunday gap uyushiq kesimli sodda gap emas, qo'shma gap hisoblanadi: Nutq qudratli kuch: u ishontiradi, undaydi, majbur etadi.