Hunarmandchilik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 23:
20-asrning 20-yillarida shoʻrolar hokimiyati qaror topishi bilan hunarmandlarning asosiy qismi dastlab artellarga, keyinchalik, zavod, fabrikalarga, badiiy buyumlar korxonalariga jalb qilindi. Ularga xom ashyo, material, asbob-uskunalar davlat tomonidan yetkazib beriladigan, yaratilgan mahsulotlar doʻkonlar va matbubot kooperatsiyasi orqali sotiladigan boʻldi. Isteʼdodli hunarmandlar ijodiy tashkilotlarga qabul qilindi, amaliy bezak sanʼati rivojlantirildi (masalan, 30-yillarda Toshkentda oʻquv ishlab chiqarish kombinati tashkil etilib, yosh hunarmandlar unda taʼlim oldilar, 1968 yilda Buxoroda kandakorlar maktab ustaxonasi, 1978 yilda Qoʻqonda yogʻoch oʻymakorligi maktab ustaxonasi tashkil topdi).
 
Oʻzbekiston mustaqillikni qoʻlga kiritgandan soʻng hunarmandchilik rivojida yangi davr boshlandi, xalq hunarmandchiligi bozor qoidalari zamirida qaytadan tiklandi. Oʻzbekistonda mahalliy sanoat korxonalarining birinchilar qatori xususiylashtirilishi natijasida mayda davlat korxonalari hunar-mandlarning xususiy korxonalariga aylantirildi, yangi hunarmandchilik korxonalari ochildi. Hunarmandchilik faqat ichki bozorga emas, balki eksportga ham ishlay boshladi. Hunarmandchilikning tashkiliy shakli ham oʻzgardi: kichik oilaviy korxona, yakka tartibdagi mehnat faoliyati shaklida rivojlana bordi. 1995 yil 24—25 oktabrda Toshkentda BMTning Oʻzbekistondagi doimiy vakolatxonasi bilan amaliy hamkorlikda Oʻzbekiston xalq ustalari va hunarmandlari 1-Respublika yarmarkasi oʻtkazildi. 1997 yilda respublika xalq amaliy sanʼati va hunarmandlari ustalarining "Usto" ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi tashkil topdi. Respublika Prezidentiningbirinchi Prezidenti 1997 yil 31 martidagi "Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanʼatini yanada rivojlantirishni davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoni va boshqa tadbirlar Oʻzbekistonda hunarmandchilikning tiklanishi va yanada rivojlanishida, uning unutilgan baʼzi turlarini qayta tiklashda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Hunarmandlar dastlab Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar palatasiga, soʻngra Savdo-sanoat palatasiga kirdilar. Ular maxsus tashkilot — "Hunarmand" Respublika uyushmasiga birlashtirildi. Hunarmandchilik subʼyektlari Oʻzbekistonda tadbirkorlar, hunarmandlar va fermer xoʻjaliklarining har yili oʻtkaziladigan "Tashabbus" respublika koʻrik-tanlo-vida ishtirok etadilar. 1996—2005 yillar mobaynida 10 nafar hunarmand xalq hunarmandchiligida erishgan yutuqlari uchun "Tashabbus" tanlovining gʻolibi deb topildi.