Esvatini: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
→‎Xoʻjaligi: Universitetning o'ziga xos jozibasi
Qator 18:
Esvatini — iqtisodiy jihatdan zaif rivojlangan agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi ulushi 10 %, sanoat ulushi 42 %, xizmat koʻrsatish sohasi ulushi 48 %. Qishloq xoʻjaligida dehqonchilik ustun. Makkajoʻxori, shakarqamish, sitrus mevalar, sholi, oq joʻxori, dukkaklilar, yer yongʻoq, ananas, paxta, tamaki yetishtiriladi. Chorvachiligida qoramol, echki, qoʻy, choʻchqa boqiladi. Oʻrmon xoʻjaligi rivojlangan, yogʻoch tayyorlanadi. Asbest, toshkoʻmir va barit qazib olinadi. Esvatini sanoati qishloq va oʻrmon xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlaydi. Qandshakar, toʻqimachilik, yogʻochsozlik, sellyuloza, meva konservalash, unyorma korxonalari bor. Suyak uni ishlab chiqarish fabrikasi, elektr asboblari, mineral oʻgʻit ishlab chiqarish, televizor yigʻuv z-dlari, bosmaxona barpo etilgan. Hunarmandchilikda sayyohlar uchun esdalik sovgʻalar tayyorlash rivojlangan. Yiliga oʻrtacha 415 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Transport yoʻli uzunligi 301 km, avtomobil yoʻllari uz. 3,8 ming km. Chetga qandshakar, mineral oʻgʻit, yogʻochtaxta, paxta, sitrus mevalar, ananas, sholi, asbest chiqaradi. Chetdan mashina, uskuna va transport vositalari, neft mahsulotlari oladi. [[Amerika Qoʻshma Shtatlari|AQSH]], [[Birlashgan Qirollik|Buyuk Britaniya]], [[Janubiy Afrika Respublikasi|JAR]] bilan savdo qiladi. Pul birligi — lilangeni.
 
Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 7-yil (6 yoshdan), oʻrta maktabda 5-yil (3-yil quyi oʻrta va 2-yil yuqori oʻrta maktabda oʻqitiladi). Boshlangʻich maktabning kichik sinflarida darslar svazi tilida, yuqori sinflari va oʻrta maktabda ingliz tilida olib boriladi. Oʻrta maktabni bitirganlar universitetga kirish huquqiga ega boʻladilar. Boshlangʻich va toʻliqsiz oʻrta maktab negizida hunartexnika taʼlimi tashkil etilgan (1—3-yil). Manzinidagi 2 ta ped. kolleji boshlangʻich maktab va quyi oʻrta maktab uchun oʻqituvchilar tayyorlaydi. 1964-yil Kvalusenida (Manzini yaqinida) Esvatini davlat universiteti, en: ''University of Eswatini (UNESWA)''<ref>[http://www.uneswa.ac.sz/University of Eswatini (UNESWA)](Inglizcha)</ref> tashkil etilgan. Manzinida milliy kutubxona (1972), Lobamba shahrida Milliy muzey (1972) va boshqa bor. Ilmiy tadqiqotlar bilan Loufeld (1964-yilda asos solingan), Malkernsdagi qishloq xoʻjaligi (1959), Mpisidagi chorvachilik tajriba stansiyalari, shuningdek, Mbabanedagi geol. departamenti shugʻullanadi.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Esvatini da nashr etiladigan asosiy gazetalar: „News from Eswatini“ („Esvatini yangiliklari“, haftanoma), „Svazi news“ („Svazi xalqi yangiliklari“, haftanoma, 1983-yildan), „Esvatini observer“ („Esvatini kuzatuvchisi“, ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1981-yildan), „Time of Esvatini“ („Esvatini vaqti“, ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1897-yildan), „Tikxatsi Temasvati“ (svazi tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1983-yildan), „Umbiki“ („Reportyor“, ingliz va svazi tillarida haftasiga 2 marta chiqadigan gazeta, 1968-yildan). Milliy axborot agentligi yoʻq. Esvatini radioeshittirish va axborot xizmati 1966-yilda tuzilgan; hukumat tomonidan nazorat qilinadi. Esvatini televizion korporatsiyam, 1978-yil asos solingan.