Hong Kong: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
: ''Syangan soʻrovi bu yerga yoʻnaltiriladi, Syangan soʻzining boshqa maʼnolari uchun bu yerga qarang: [[Syangan (maʼnolari)]]''
 
'''Syangan''', '''Hong Kong''' — [[Xitoy]] tarkibidagi maxsus maʼmuriy tuman. Mamlakatning janubi-sharqiy qismida, Janubiy Xitoy dengizi sohilida. Syangan orol, Szyulun yarim orol, shuningdek, yakinyaqin atrofidagi 235 ta orolni oʻz ichiga oladi. Maydoni 2905 km², shundan qurukdikquruqlik qismi 1095 km², qolgan qismi dengiz akvatoriyasi. Maʼmuriy markazi — Syangan shahri Aholisi 6,68 million kishi (1998). Asosan, xitoylar (98%), shuningdek, tibetmyanmalar, hind, inglizlar va portugallar ham yashaydi. Aholi buddizm, daosizm, konfutsiylik, islom, hinduizm, xristian dinlariga eʼtiqod qiladi. Rasmiy tili — xitoy va ingliz tili.
 
S qirgʻoklari qoʻltiqlar bilan parchalangan. Sohil yaqinida mayda qoyali orol koʻp. Yer yuzasi togʻli, eng baland joyi 939 m. Iqlimi subtropik, mussonli iqlim, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 15—16°, iyulniki 25—27°. Yillik yogʻin 2000 mm gacha. Doim yashil tropik oʻrmonlar bor.