Terrorizm: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Xato: bog’likligi tog’irladim: bog’liqligi
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Terrorizm''' (lot. terror — qoʻrqinch, dahshat) — siyosiy raqiblarni, muxoliflarni yoʻqotish yoki qoʻrqitish, aholi oʻrtasida vahima va tartibsizliklar keltirib chiqarish maqsadidagi zoʻravonlik harakatlari (taʼqib qilish, buzish, [[garovga olish]], [[qotillik]], portlatish va boshqalar). Terrorizm yakka tartibdagi va guruhli terrorizm (mas., ekstremistik siyosiy toʻdalarning harakatlari kabi) toifalarga boʻlinadi. [[Siyosatshunoslik]]da davlat terrorizmi tushunchasi ham qoʻllanadi ([[diktatorlik]] va totalitar rejimlarning repressiyalari). Terrorizm oʻrta asrlardan boshlab barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrab turgan. Lekin oʻtgan asrning oxirlaridan uning yangi koʻrinishlari vujudga keldi (chet el davlatlari va hukumatlari rahbarlarini, ularning diplomatik vakillarini oʻldirish yoki oʻgʻirlash, elchixonalar, missiyalar, xalqaro tashkilotlarning binolarini portlatish, [[aeroport]]lar va vokzallarda portlashlar sodir etish, havo kemalarini olib qochish, odamlarni garovga olish va h.k.). Xalqaro terrorizm keng tarqalib, terrorizm oshkora siyosiy tus ola boshladi. Terrorchilar ayrim mamlakatlar hukumati va unga yaqin tuzilmalardan madad oladigan hollar yuzaga keldi. Ular tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi ortdi. Terrorchilar qoʻliga yadroviy, kimyoviy, biologik qurol tushib qolishi xavfi kuchaydi, [[elektron terrorchilik]] paydo boʻldi. Koʻp hollarda terrorizm diniy ekstremizm, narkobiznes, [[separatizm]] bilan bogʻliqligi, chatishib ketishi kuzatila boshlandi.
 
Erondagi Sistan, Belujiston va Gʻarbiy Ozarbayjon viloyatlarida uchta terroristik guruh yoʻq qilindi va 21-mart kuni Saravondagi teraktni sodir etganlar hibsga olindi. Sistan va Belujistondagi guruh aʼzolari boshqa mamlakatda harbiy tayyorgarlikdan oʻtgan va guruh rahbarligida jinoyat sodir etgan „Jaysh al-Adl“ terroristik guruhiga aloqador boʻlgan. Guruh yetakchisidan ikkita avtomat, shuningdek, bomba tayyorlash uchun baʼzi qurol va materiallar topilgan. Bayonotda uning avval giyohvand moddalar savdosi va qotillik bilan shugʻullangani keltirilgan. Gʻarbiy Ozarbayjonni talon-toroj qilish va terroristik harakatlarni amalga oshirish maqsadida bostirib kirgan qurolli guruh ortidan kuzatuv amalga oshirilgan va Urmiya bilan chegaradosh mintaqadagi qurolli toʻqnashuvdan soʻng ulardan ikkitasi oʻldirilgan, bittasi esa qochib ketgan<ref>{{cite web
|url= https://bugun.uz/2021/05/25/eronda_uchta_terrorchilik_guruhi_yoq_qilindi
|title= Эронда учта террорчилик гуруҳи йўқ қилинди
|author=
|website= Bugun.uz
|accessdate=2021 йил 25 май}}</ref>.
 
 
== Terrorizmga qarshi kurash ==