Shariat: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Ben Bilal (munozara | hissa)
kTahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali Kengaytirilgan mobil rejim orqali
Qator 3:
'''Shariat''' (arab. — toʻgʻri yoʻl; islomda qonunchilik maʼnosida ishlatiladi) — Islom huquq tizimi. Sharhida sof huquqiy masalalardan tashqari axloqiy meʼyorlar va amaliy diniy talablar hamda qonun turlari berilgan. Musulmon kishi uchun dunyoga kelishidan to oʻlimigacha yurish-turishini belgilovchi qoidalar toʻplami sifatida qaralgan.
 
Shariat va G'arb huquqiy tushunchasi o'rtasida, Islom dinida shaxs huquqlari va erkinliklari tushunchasining yo'qligigʻarb davlatlarining tushuna olmasligi, bu nizolarning muhim manbai sifatida ajralib turadi.<ref>https://dergipark.org.tr/tr/download/article-file/211700</ref> Ba'zi shariat amaliyotlari, tizimli ravishda qo'llanilganda, uni [[insoniyatga qarshi jinoyatlar|insoniyatga najot beruvchi qoidalar]] doirasida ham ko'rib chiqish mumkin.<ref>http://dergiler.ankara.edu.tr/dergiler/38/281/2556.pdf</ref>
 
Ilk islomda jamiyatni huquqiy boshqarish Qurʼon asosida olib borilgan. Keyinroq musulmonlarning barcha ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va diniy faoliyatini qamrab oluvchi qonunlar majmuasiga ehtiyoj tugʻilgan. Islom xuquqshunoslari bir necha asr mobaynida Sh. meʼyorlarini ishlab chiqqanlar. Sharhiga Qurʼon, sunnat, ijmo va qiyos asos qilib olingan. Sh. huquqiy tizim sifatida 11 —12-asrlarda tugal shakllangan. Bunda yozma va ogʻzaki diniy, madaniy, axloqiy, huquqiy, mahalliy urf-odat va anʼanalarning taʼsiri boʻlgan.