Ozonosfera: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k kichik o'zgarishlar
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Ozonosfera''' — Yer sirtidan 10–50&nbsp;km balandlikda joylashgan ozonli atmosfera qatlami. [[Ozon]] 20–25&nbsp;km balandlikdagi Ozonosferada eng koʻp toʻplanadi. Ozonosferada ozonning hosil boʻlishi va uning balandlik boʻyicha tarqalishini fotokimyoviy nazariya tadqiq qiladi. Ozon Quyosh radiatsiyasini kuchli yutadi, shuning uchun Quyosh radiatsiyasining biologik jihatdan ancha faol qismi Yer sirtiga yetib kelmaydi. Radiatsiyani yutishi natijasida Ozonosfera qatlamida temperatura ancha koʻtariladi. Ozonosferadagi ozonni tekshirish uchun har xil balandlikda olingan havo namunasi tahlil qilinadi: Yer sirtidagi yoki zond va raketalar yordamida atmosferaga olib chiqilgan optik asboblar (spektrofotometr)dan foydalaniladi. Ozonosfera maʼlumotlari Quyosh radiatsiyasining Yer atmosferasida yutilish tabiatni oʻrganishda juda muhim.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
==Ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni to‘xtatish bo‘yicha milliy dastur==
 
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi qaroriga muvofiq Ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni to‘xtatish bo‘yicha milliy dastur tasdiqlandi. Milliy dastur bilan ozon qatlamini buzuvchi moddalar (OBM)dan foydalanishni to‘xtatish harakatlarining maqsadlari va strategik yo‘nalishlari belgilab berildi. Dasturga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi ozon qatlamini buzuvchi moddalar iste’molini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirilishini ta’minlaydi.
 
Milliy dastur doirasida OBMni va ularning tarkibidagi mahsulotlarni O‘zbekistonga olib kirish va olib chiqishni to‘xtatish hamda bunda qat’iy nazoratni o‘rnatish, OBM va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarning importi va eksporti bo‘yicha ma’lumotlar bazasi shakllantirish, OBMni qayta ishlash bo‘yicha 6 ta yangi markaz tashkil qilish nazarda tutilgan<ref>{{cite web
|url=https://bugun.uz/2021/03/11/ozbekistonda-ozon-qatlamini-buzuvchi-moddalardan-fojdalanishni-tohtatish-bojicha-dastur-qabul-qilindi
|title= Ўзбекистонда озон қатламини бузувчи моддалардан фойдаланишни тўхтатиш бўйича дастур қабул қилинди
|author=
|website=Bugun.uz
|accessdate=2021 йил 11 март}}</ref>.
 
== Manbalar ==