Qishloq xoʻjaligi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 11:
Jahon Qishloq xoʻjaligida dunyodagi iqtisodiy faol aholining 45,2% (1316,7 mln. kishi) band. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlar 13387,0 mln. ga, jumladan, haydaladigan yerlar 1380,8 mln. ga, jami sugʻoriladigan yerlar 271,4 mln.ga (1998). 1999 yilda jahon Qishloq xoʻjaligida 583,6 mln.t bugʻdoy, 596,4 mln. t sholi, 600,4 mln. t makkajoʻxori, 130,0 mln. t arpa, 294,3 mln. t kartoshka, 444,6 mln. t mevalar, shu jumladan 60,6 mln. t uzum yetishtirildi. Chorvachilikda 225,9 mln. t goʻsht, 562,4 mln. t sut tayyorlandi. 1338,2 mln. bosh qoramol, 912,7 mln. choʻchqa, 1068,6 mln. qoʻy va 709,9 mln. bosh echki, 14139,0 mln. tovuq boqildi.
==O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi==
2019-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining o‘sish sur’ati 2018-yilga nisbatan 102,5 foizni tashkil etdi. Umuman olganda, 2017–2019 yillarda qishloq xo‘jaligida yalpi mahsulot ishlab chiqarish 1,5 baravarga va aholi jon boshiga 1,4 baravarga (2019 yil narxlarida) oshdi. Shu bilan birga, o‘simliklarni etishtirish 1,3 baravar, chorvachilik mahsulotlari 1,7 baravar o‘sdi<ref>{{cite web
|url= https://bugun.uz/2021/03/11/shavkat-mirziyoev-bilan-ozbekistonda-qishloq-hozhaligi-islohotlari-boshlandi-ihlas
|title= Шавкат Мирзиёев билан Ўзбекистонда қишлоқ хўжалиги ислоҳотлари бошланди — «İhlas»
|author=
|website= Bugun.uz
|accessdate= 2021 йил 11 март}}</ref>.
 
Shavkat Mirziyoyevning qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisidagi farmoniga muvofiq Oʻzbekistonda paxta yetishtirishni moliyalashtirish tartibi oʻzgaradi. Unga ko'ra, 2022-yil hosilidan paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish 2021-yilning 1-noyabridan boshlanadi (amaldagi tartib boʻyicha yanvar–fevral oylarida). Bu paxtani ekish uchun agrotexnik tadbirlar (shoʻr yuvish, qishki sugʻorish, yer haydash va boshqalar) noyabr oyidan boshlanishi bilan bogʻliq. Shu sababli kreditning umumiy foydalanish muddati fermer xoʻjaliklari uchun — 12 oydan 14 oyga, paxta-toʻqimachilik klasterlari va kooperatsiyalari uchun — 19 oydan 22 oyga uzaytiriladi. Bundan tashqari, 2022-yil hosilini 2021-yilning noyabridan boshlab moliyalashtirish uchun 900 milliard soʻm mablagʻ koʻzda tutilgan<ref>{{cite web
|url= https://bugun.uz/2021/02/26/ozbekistonda_paxta_etishtirishni_moliyalashtirish_tartibi_ozgaradi