Interpol: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎Manbalar: {{no iwiki}} andozasi oʻchirildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
"INTERPOL" (interpol) — xalqaro jinoiy politsiya tashkilotining barcha tillar uchun qisqartirilgan umumiy nomi. 1923 yilda Vena shahri (Avstriya)da asos solingan. HozgiHozirgi nomi manzilni qisqa qilib ifodalash tarzida 1-marta 1947 yilda paydo boʻlgan. 1949 yili BMT unga rasmiy ravishda xalqaro hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilot maqomini berdi. "I."ning amaldagi ustavi 1956 yil 13 iyunda kuchga kirdi. "I." jinoyatchilarni roʻyxatga olish xalqaro markazi sifatida ish koʻradi, shuningdek, jinoyatchilarni (jinoyatlarda gumon qilinuvchilarni; bedarak yoʻqolganlarni; oʻgʻirlangan boyliklarni) xalqaro miqyosda qidirish ishlarini muvofiqlashtiradi. 185 davlat (1998 yilda), shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi "I."ning aʼzosidir (1994 yildan). OʻzR Ichki ishlar vazirligi tarkibida "I."ning Oʻzbekiston Respublikasidagi milliy markaziy byurosi tuzilgan. "I."ning oliy organlari — bosh assambleya, uning sessiyalari har yili chaqirib turiladi; ijrochi qoʻmita, unga "I." prezidenti boshchilik qiladi; bosh kotibiyat, unga bosh kotib rahbarlik qiladi. "I." 1946 yildan "Xalqaro jinoiy politsiya umumlashtiruvchi maʼlumoti" jur.ni nashr etadi. "I."ning doimiy qarorgohi Fransiya qilib belgilangan. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==