Suvaysh kanali: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Suvaysh kanali''' - Misrning shim.sharqiy qismidagi kema qatnaydigan shlyuzsiz dengiz kanali. Oʻrta dengizni Qizil dengiz bilan birlashtirib turadi. Atlantika va Hind okeanlari oʻrtasidagi eng qisqa suv yoʻli (Afrikani aylanib oʻtishni 8—15 ming km ga qisqartiradi). Suvaysh kanali xududi Osiyo bilan Afrika oraligʻidagi shartli geografik chegara deb qabul qilingan. Kanal kema qatnovi uchun 1869 y. 17 noyabrda rasmiy ochilgan. Uzunligi 161 km (kanalning chikishdagi davomi bilan esa 173 km). Kengligi 120–150 m, oʻzanining tubida 45–60 m. Chukurligi farvaterida 12,5– 13 m. Kemalar kanalni oʻrtacha 11—12 soatda suzib, oʻtadi. Kanalga kiraverishdagi eng yirik portlar: Oʻrta dengizda Port Sayd va Qizil dengizda Suvaysh. Suvaysh kanali trassasi Suvaysh buyninnng eng tor va past qismidan, qator koʻl (Timsoh koʻli, Katta va Kichik Shoʻr koʻllar) hamda Manzala lagunasi orqali oʻtgan. Kanal zonasini ichishga yaroqdi suv bilan taʼminlash uchun Nil daryosidan uz. 180 km chuchuk suvli Ismoiliya va Port Sayd yoʻnalishida Abbosiya kanallari qazilgan (Qadimgi Misrda mil. av. 2 ming yillikda Nil daryosini Qizil dengiz bilan bogʻlagan kanal — Firʼavnlar kanali qazilgan). Suvaysh kanali neftga boy Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarini hamda Osiyo, Avstraliya va Sharqiy Afrikani Gʻarbiy Yevropa bilan bogʻlovchi xalqaro dengiz yoʻlida joylashgan. Kanalda tashilayotgan jami yuklarning 70% dan koʻprogʻi neft va neft mahsulotlariga toʻgʻri keladi. Kanal qurilishi 1859 y. 25 apr.da fransuz (Linan va Mujel) va italyan (Negrelli) muhandislari loyihasi boʻyicha boshlangan. Kanal qazishda har oyda Misr dehqon (falloh)laridan 60 ming kishi majburan jalb qilingan. 1882 yilda Angliya Misrni bosib olgach, Suvaysh kanali Buyuk Britaniyaning yaqin Sharqdagi eng katta harbiystrategik bazasi boʻlib qoldi. Suvaysh kanalini 1956 yilga qadar, asosan, Angliya va Fransiyaga qarashli kompaniyalar boshqarib kelgan. 1956 y. 26 iyulda Misr hukumati kanalni natsionalizatsiya kildi. Kanal orqali oʻtadigan kemalardan olinadigan boj haqi MAP iqtisodiyotiga katta daromad keltiradi.
 
==Qatnovning toʻxtab qolishi==
Kanalda kemalar qatnovini to‘liq to‘xtatib qo‘ygan „Evergreen“ transport kompaniyasining Panama bayrog‘i ostida suzgan kemasi sayozlikka o‘tirib qolishi oqibatida 180 kemadan iborat tirbandlik yuzaga kelgan. Bundan kelib chiqayotgan kunlik zarar miqdori esa 9,6 milliard dollarni tashkil etgan. Dunyodagi eng katta — 400 metrli konteyner tashuvchi kema Suvaysh kanalida tiqilib, harakatni to‘xtatib qo‘yganidan so‘ng neft narxi keskin ko‘tarildi. Brent rusumidagi neftning bir barreli narxi 5,77 foizga oshib, 64,3 dollarni tashkil etgan. WTI rusumidagi neft narxi esa 24 soat ichida 5,14 foizga ko‘tarilib, bir barreli 60,73 dollarga chiqqan<ref>{{cite web
|url= https://bugun.uz/2021/03/26/suvajsh-kanalidagi-qatnovni-toliq-tohtatib-qojgan-kema-etkazgan-zarar-miqdori-malum-boldi
|title= Сувайш каналидаги қатновни тўлиқ тўхтатиб қўйган кема етказган зарар миқдори маълум бўлди
|author=
|website=Bugun.uz
|accessdate=26-03-2021}}</ref>. Suvaysh kanali ma’muriyati mart oyi oxirida «Ever Given» konteyner kemasi 6 kunga tiqilib qolgan joyni kengaytirish va chuqurlashtirishga qaror qildi.<ref>{{cite web
|url= https://bugun.uz/2021/05/12/misr-suvajsh-kanalining-ever-given-kontejner-kemasi-tiqilib-qolgan-qismini-kengajtiradi
|title= Миср Сувайш каналининг «Ever Given» контейнер кемаси тиқилиб қолган қисмини кенгайтиради
|author=
|website=Bugun.uz
|accessdate=12-05-2021}}</ref>. Kema bilan sodir bo‘lgan voqea bo‘yicha tergov eʼlon qilindi. Holat yuzasidan kema kapitani aybdor ekani isbotlangan. Ever Given bilan sodir bo‘lgan voqea bo‘yicha tergovda kema yo‘nalishida xato qilingani tasdiqlandi. Buning uchun to‘liq javobgarlik kemaning kapitanida bo‘ladi<ref>{{cite web
|url= https://bugun.uz/2021/05/25/ever-given-kemasining-suvajsh-kanalida-tiqilib-qolishiga-kim-ajbdor-ekani-ajtildi
|title=«Ever Given» кемасининг Сувайш каналида тиқилиб қолишига ким айбдор экани айтилди
|author=
|website=Bugun.uz
|accessdate=25-05-2021}}</ref>.
 
Misr sudi 20 iyun kuni «Ever Given» konteyner kemasi egasining Suvaysh kanali uchun tovon puli to‘lash to‘g‘risidagi eshituvlarini yana ikki haftaga qoldirdi. Iqtisodiy va xo‘jalik ishlari sudi kanal advokatlarining iltimosiga binoan tomonlarga muzokaralarni davom ettirish va xalqaro kelishuvga tinch yo‘l bilan erishish uchun sud majlisini 4 iyulga qoldirgan.Kanal manfaatlarini himoya qiluvchi advokat Xolid Abu Bakir „tomonlar ba’zi masalalarda murosaga kelishgani“ va „konteyner kemasi egalaridan Suvaysh kanali ma’murlari talablarini qondira oladigan taklif berilgani“ga ishora qilgan<ref>{{cite web
|url= https://bugun.uz/2021/06/21/suvaysh-kanalini-tsgan-ever-given-kemasi-bilan-boliq-sud-ishi-keyinga-qoldirildi
|title= Сувайш каналини тўсган «Ever Given» кемаси билан боғлиқ суд иши кейинга қолдирилди
|author=
|website=Bugun.uz
|accessdate=21-06-2021}}</ref>.
 
Suvaysh kanali ma’murlari mart oyida kemalar harakatini to‘sib qo‘ygan «Ever Given» konteyner kemasiga egalik qiluvchi «Evergreen» kompaniyasi bilan 540 million dollarlik tovon puli to‘lash to‘g‘risida kelishuvga erishdi. Tomonlar o‘rtasida har qanday shikoyatlardan bosh tortish bo‘yicha bitim imzolangan. Kelishuv Suvaysh kanali rahbariyati kompaniyaga qarshi da’vo miqdorini 916 million dollardan 540 million dollarga kamaytirgandan so‘ng amalga oshgan<ref>{{cite web
|url= https://bugun.uz/2021/07/02/suvaysh-kanali-mamuriyati-evergreen-kompaniyasi-bilan-kelishuvga-erishdi
|title=Сувайш канали маъмурияти «Evergreen» компанияси билан келишувга эришди
|author=
|website=Bugun.uz
|accessdate=02-07-2021}}</ref>.
 
 
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->