Berlin: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 90:
Berlin haqidagi dastlabki tarixiy maʼlumot 1244-yilga tegishli. U ikki aholi punktining birlashuvidan tashkil topgan. 1486-yildan Brandenburg gersogligi poytaxti bulgan. 17-asrda [[Fransiya]] va [[Bohemiya]]dan kelgan qrchoklar hisobiga uning aholisn tez oʻsdi. 19-asr esa Berlinning iqtisodiy rivojida muhim davr hisoblanadi. Ayni shu vaqtda (1871) u kayzer imperiyasining poytaxti va [[Yevropa]]ning yirik markazlaridan biri sifatida shakllandi. Sanoat boʻyicha esa Yevropada unga teng shahar yoʻq edi. Shaharda bir qancha xalqaro kongress va konferensiyalar oʻtkazilgan. 1945-yilgacha Berlin Germaniyaning eng yirik fan, madaniyat va siyosiy markazi bo'lgan. 1933—1945-yillarda Berlin gitlerchilar "uchinchi reyxi"ning poytaxti. Berlin Ikkinchi jahon urushi yakunida sovet qoʻshinlari tomooʻidan oʻrab olinib, qattiq bombardimon qilindi va toʻplardan oʻqqa tutilgach. 1945-yil 2-mayda toʻliq egallandi. Urushdan keyin ittifoqchilar Berlinni 4 okkupatsiya sektoriga: [[Sovet Ittifoqi]], [[AQSh]], [[Angliya]] va Fransiya sektorlariga boʻlishdi. Keyinchalik ittifoqchilar oʻrtasidagi yuz bergan kelishmovchiliklar sababli Olmoniya kabi Berlin ham 2 qismga — Sharqiy va Gʻarbiy Berlinga boʻlindi va GDR aholisini ommaviy ravishda Gʻarbga oʻtishini toʻxtatish maqsadida 1961-yilda "Berlin devori" (Sharqiy Germaniya va Gʻarbiy Berlin oʻrtasida umumiy uz. 162 km, jumladan shahar doirasida 45 km boʻlgan toʻsiq ikshootlar tizimi) qurildi. 70- yillar boshida vaziyat bir muncha yumshadi. 1989-yil 9-noyabrdagi siyosiy uzgarishlar tufayli Berlin devori olib tashlandi (qarang Berlin devorining suyaatilishi), soʻngra GFR (Gʻarbiy Germaniya) va GDR (Sharqiy Germaniya) qoʻshilishi haqida maxsus shartnoma imzolandi va u 1990-yil 3-oktabr dan kuchga kirdi va birlashgan Germaniyaning federal poytaxti statuyey [[Bonn]] shahridan Berlinga oʻtdi.
 
== Geografiyasi ===
 
 
 
=== Iqlimi ===
Iqlimi moʻtadil, sernam; oʻrtacha yillik temperatura 8,4°C, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0—0,6°C, iyulniki 18°C. Bir yilda oʻrtacha 587 mm yogʻin yogʻadi.