Arslon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 16:
'''Arslon''' yoki '''sher''' ({{lang-la|Panthera leo}}) [[Mushuksimonlar|mushuksimonlar oilasi]]ga mansub turdir. Uzunligi 240 sm gacha (urgʻochisi kichikroq), ogʻirligi 280 kg gacha boʻladi. Yuz qismi choʻziq, dumining uchida uzun qora qildan iborat popugi bor. Tanasi kalta jun bilan qoplangan, erkaklari tanasining oldingi qismi (boʻyni, koʻkragi va yuzi)dagi uzun yunglari yolni hosil qiladi. Rangi sargʻish, yoli qoramtir tusda. Qadimgi areali [[Afrika]] (gʻarbidan tashqari), [[Yevropa]] ([[Bolqon yarim oroli]], Zakavkaze – [[Armaniston]]) hamda [[Osiyo]]ni (Arabiston yarim oroli, Kichik, Old va Janubiy Osiyo – Sharqda [[Hindiston]]gacha) oʻz ichiga olgan. Individlar soni va areali keskin kamayib ketgan, hozirgi areali asosan [[Markaziy Afrika]]ning qoʻriqlanadigan hududlari va qisman Janubiy Osiyodan iborat.
 
Arslon choʻl, savanna va daryo yaqinidagi oʻrmonlarda istiqomat qiladi. Poligam, oilaviy guruh hosil qiladi. Har 2 yilda bir marta 3–4 tadan bolalaydi. Homiladorlik davri 4–5 oy, 6–7 yoshida voyaga yetadi, erkagidan 3 yoshda yol chiqadi. Arslon kechasi guruh boʻlib ov qiladi, yirik tuyoqli hayvonlarni ovlaydi. Qari va yarador arslon odamga ham hujum qilishi mumkin. 70 yilgacha yashaydi. Arslon hamma joyda muhofaza qilinadi; hind kenja turi (''P. L. persica'') Tabiatni muhofaza qilish xalqaro tashkilot [[Qizil kitobikitob]]gaiga kiritilgan.
 
== Adabiyotlar ==