Glivitse: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 67:
|sayt tili =
}}
 
'''Glivitse''' ({{lang-pl|Gliwice}}, silezcha: Glywicy, {{lang-de|Gleiwitz}}) — [[Polsha|Polshaning]] janubidagi Sileziya voivodligidagi (viloyat) shahar. Aholisi 215 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Temir yoʻl tuguni, Glivitse kanali boʻyidagi muhim daryo porti. Yuqori Sileziya toshkoʻmir havzasining eng muhim markazlaridan biri. Ogʻir mashinasozlik, elektrotexnika, metallurgiya, kimyo, poʻlat eritish korxonalari, koʻmir shaxtalari, politexnika instituti, ilmiy tadqiqot institutlari bor. Glivitse shahar sifatida 13-asr oxiridan maʼlum.
 
== Tarixi ==
Shahar haqidia ilk eslatma 1276-yilga borib taqaladi. Oʻrta asrlarda Polshaning bir qismi boʻlgan. 1683-yilda Polsha qoʻshinlari Glivitsa orqali Vena jangiga yoʻl oldilar. Bu vaqtda shaharga Polsha qiroli va Litva Buyuk knyazi Yan III Sobieski tashrif buyuradi. 1742-yildan boshlab shahar Prussiya, 1871-yildan esa Gleiitz ({{lang-de|Gleiwitz}}) nomi bilan Germaniya tarkibida boʻlgan.