Chernogoriya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k Protected "Chernogoriya" ([Koʻchirish=Faqat administratorlar] (muddatsiz))
k Tuzatama(lar) (via JWB)
Qator 19:
Kundalik "Pobeda" ("Gʻalaba") gaz. serb tilida 1943 yildan chiqadi. Podgoritsada radiostya va telemarkaz ishlaydi.
 
[[ImageTasvir:Montenegro municipalities.png|thumb|250px|right]]
== Adabiyoti ==
Qoratogʻ adabiyoti qoʻshni xalklar adabiyoti, ayniqsa, serb adabiyoti bilan uzviy aloqada rivojlangan. Birinchi yirik bosma adabiy asar Ch.da hukmronlik qilgan Vasiliy Petrovich (1709— 66)ning "Qoratogʻ toʻgʻrisida tarix" asari boʻlib, u 1754 yil Moskvada nashr etilgan. Yangi qoratogʻ adabiyotining boshlanishi 18-asr oxiri — 19-asr 1yarmiga toʻgʻri keladi. Uning asoschisi shoir va davlat arbobi Pyotr II Petrovich Negoshdir (1813 — 51). Uning ijodi qoratogʻ sheʼriyatida1918 yilgacha eng yuksak choʻqqi hisoblanadi. "Qoratogʻning qisqacha tarixi" asari (1835 yil nashr etilgan) muallifi hukmron Pyotr (Petar) I Negosh sheʼriy asarlar ham yozgan. 1827— 31 yillar Ch.da yashagan serb yozuvchisi va tarixchisi S. MilutanovichSarayliya "Qoratogʻ tarixi" asari (1835)ni va 2 drama yozgan. 19-asr — 20-asr boshlaridagi nazmda S.M.Lyubishi va serb yozuvchisi S.Matovul xikoyalari ajralib turadi. S.Matovul bir necha yil Ch.da yashab qoratogʻ xalqi turmushini aks ettiruvchi bir qancha hikoya va roman yozgan. Bu davrda yozuvchilardan L. Yovovich, S.Vuletich, M.Tomich, S.Shobaich samarali ijod kildilar. 30-yillarning boshlarida boshqa xalklar adabiyotidagi kabi Ch. adabiyotida ham "ijtimoiy realizm" okimi vujudga keddi va shu oqim yoʻnalishida sheʼriy asarlar yaratildi. Bular R.Zogovichning "Musht" (1936), "Olovli kaptarlar" (1937) toʻplamlari, "Kelgindilar" dostoni (1937); M.Banevichning "Oʻrmon" (1938), "Olovli tong" (1941) toʻplamlari; Ya.Jonovichning "Ikki dare" (1938) va M.Vukovichning "Yer" (1934) toʻplamlari. Shu yillarda D.Jurovich "Togʻliklar orasida" hikoyalar toʻplami (1936), "Duklya mamlakati" romani (1939), N.Lopichich "Dehqonlar" hikoyalar toʻplami (1939)ni yaratdilar va ularda qoratogʻ xalkining real hayotini aks ettirdilar. 1950—70 yillar adabiyotida M. Lalich alohida oʻrin tutadi. Uning "Toʻy" (1950), "Yomgʻirli bahor" (1953), "Uzilish" (1955), "Leley tom" (1962) romanlarida xalq ozodlik kurashi mavzui yorkin aks etgan. A.Asanovich, Ch. Vukovich kabi yozuvchilar ham shu mavzuda hikoya va romanlar yaratdilar. Bu davr sheʼriyati yutuklari R.Zogovich, D.Jonovich, M.Banevich, D.Kostich, R.Veshovich, M.Kral, S.Petrovich, Ye.Brkovich kabi shoirlar ijodi bilan bogʻliq. Dramaturgiya sohasida Ye.Brkovich,. V.Ivanovich, J. Komanin va boshqalarning pyesalari alohida oʻrin tutadi.